“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 21:52
ЎЗO‘Z

«O‘zkimyosanoat» AJ 2020 yilgacha 3,4 milliard dollarlik investision loyihani amalga oshiradi

04 мая, 17:33 8 064 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zkimyosanoat» AJ 2020 yilgacha 3,4 milliard dollarlik investision loyihani amalga oshiradi 2016-20 yillarda O‘zbekiston kimyo sanoatida 11ta yirik investision loyiha amalga oshiriladi. Ularning umumiy qiymati 3,4 mlrd. dollarni tashkil etadi.

"O‘zkimyosanoat" AJning ma’lum qilishicha, loyihalar orasida ammiak va karbamid, PVX (polivinilxlorid), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmualarini barpo etish rejalari mavjud.

Bugungi kunda, O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati tez sur’atlarda rivojlanayotgani hamda mahalliylashtirish darajasining yuqoriligi e’tiborga olingan holda avtomobil, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi shinalar hamda turli rezina mahsulotlari ham ishlab chiqarilmoqda.

«O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan o‘tgan 5 yil mobaynida 20dan ortiq yirik investision loyihalar amalga oshirildi. 390,83 mln. AQSh dollari miqdorida sarmoya o‘zlashtirilib, 30dan ortiq yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

«O‘zkimyosanoat» AJ, shuningdek, mintaqada mineral o‘g‘itlarning mavjud 3 turi (azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar)ni hamda metanol va kaustik soda ishlab chiqaradigan yagona kompaniya hisoblanadi. U karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo va Sharqiy Evropada uchinchi, ammiak va ammoniy sulfatini ishlab chiqishda to‘rtinchi yirik kompaniyadir.

AJ tarkibiga 180dan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi 14ta korxona hamda transport, savdo va boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi 13ta distribyutorlik tashkilotlari kiradi.

Kompaniya eksporti geografiyasi 30dan ortiq mamlakat hududini qamrab oladi. Yiliga 300 mln. dollardan ko‘proqqa 25 turdan ortiq mahsulot eksport qilinadi, deyiladi "Kun" nashrida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 0
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 0
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 1
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 10
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • Bo‘limlar