“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:29
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 5 ta yangi telekanal ochiladi

03 мая, 23:32 12 298 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 5 ta yangi telekanal ochiladi O‘zbekistonda joriy yilda yana 5ta xususiy telekanal ochilishi borasida ishlar boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assosiasiyasi (O‘zEOAVMA) boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov ma’lum qilgan, deb xabar beriladi "Kun" nashrida.

"Biz 5ta yangi xususiy telekanali tashkil qilish ustida ish olib boramiz. Bu boradagi ishlar 1 sentyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan", deya ma’lum qilgan u Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya chog‘ida.

U kanallarning mavzu yo‘nalishlari qanday bo‘lishi hamda ularning ekranlarda qachondan paydo bo‘lishiga aniqlik kiritmagan. Uning bildirishicha, moliyalashtirish ishlari xususiy mablag‘lar hisobiga bo‘ladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning 68,8 foiz aholisi raqamli televideniedan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu orqali aholi O‘zbekistondagi 12ta raqamli telekanallarni («O‘zbekiston», «Yoshlar», «Toshkent», «Sport», «Oilaviy», «Bolajon», «Navo», «Madaniyat va ma’rifat», «Diyor», «Dunyo bo‘ylab», «Kinoteatr» va «Mahalla») kuzatishi mumkin.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assosiasiyasi (O‘zEOAVMA) nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida 2003 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda o‘z atrofiga 100dan ortiq nodavlat elektron OAVni birlashtirgan. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha ommaviy axborot vositalari qatorida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi demokratik islohotlar jarayonlarini, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat” qurilishi yo‘lidagi ishtirokini yoritishda faol qatnashib kelmoqda.

O‘zEOAVMA tomonidan a’zo nodavlat teleradiostansiyalar ishtirokida har yili an’anaviy tarzda ishlab chiqiladigan Nodavlat teleradiouzatuvchilarning Rivojlanish dasturlari doirasida turli yo‘nalishlarda jami 80dan ortiq loyihalar amalga tatbiq etildi.

2014 yilning aprelida «Jahon matbuoti erkinligi kuni»ga bag‘ishlab o‘tkazilgan media-kunlar davomida yosh jurnalistlar, O‘zEOAVMA a’zolari hamda bir qator yoshlar tashkilotlari tomonidan endilikda teletomoshabinlar «MY5» logotipi ostida ko‘rishlari mumkin bo‘lgan yangi «Mening yurtim» telekanal faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida taklif kiritilgan edi.

2014 yilning 12 noyabrda telekanal ish boshladi va shu yilning dekabrida uning taqdimoti o‘tkazildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar