“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:43
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ishlab chiqilgan 10 ta foydali mobil ilova

29 apr, 18:55 7 501 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan 10 ta foydali mobil ilova Bugungi kunda yurtimizda ham mobil sanoat jadallik bilan rivojlanmoqda. Internetdan foydalanuvchilar soni 12 milliondan oshdi, mobil qurilmalar, ayniqsa smartfon va planshetlar keng ommalashmoqda. Tabiiyki, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan, o‘zbek tilidagi foydali, qiziqarli mobil ilovalarga bo‘lgan talab ham ortmoqda. Quyida Terabayt.uz sayti smartfon va planshet foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida o‘zbekistonliklar uchun ishlab chiqilgan eng foydali o‘nta mobil ilova bo‘yicha o‘z ro‘yxatini taqdim etadi. Mazkur ro‘yxatni tuzishda mobil ilovalarining foydalilik darajasi, ommaviyligi hamda o‘zbek tilida faoliyat ko‘rsatuvchi blogerlarning fikr va takliflari inobatga olindi.

LexUz

Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, barcha kodeks va qonunlar joy olgan, shuningdek, foydalanuvchilar qonunchilikka kiritilgan yangiliklardan boxabar bo‘lib borishlari mumkin.

Dastur rus va o‘zbek tillarida ishlab chiqilgan. Foydalanishga qulay. Mobil ilovaning yana bir muhim ustun tomoni shundaki, uning imkoniyatlaridan offlayn holatda to‘liq foydalanish mumkin. Mobil ilovaning yuklab olish hajmi bor-yo‘g‘i Mb. Mobil ilovadagi qidiruv uchun ajratilgan bo‘lim orqali xohlagan kalit so‘zni izlashga berish orqali kerakli moddani osongina topib olish mumkin.

Mobil ilovani yuklab olish: AppStore (topilmadi), Play Market

Soliq

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining “Soliq” mobil ilovasi barcha soliq to‘lovchilar, jumladan, jismoniy shaxslar, tadbirkorlar uchun foydali dasturlardan biri bo‘lib, unda soliq qonunchiligiga oid yangiliklar, soliq organlari, normativ hujjatlar, tez-tez beriladigan savollarga javoblar, soliqqa oid bahsli holatlarni ko‘rib chiqish va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin.

Uning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, mobil ilova yordamida INNni aniqlash, soliqdan qancha miqdorda qarzdor ekanini osongina bilish mumkin. Kamchilik sifatida esa garchi ilovada o‘zbek tili uchun joy belgilangan bo‘lsa ham, davlat tilidagi qismi yakuniga etkazilmaganini aytish mumkin.

Mobil ilovani yuklab olish: AppStore, Play Market

Moy gorod

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi bilan hamkorlikda “GISInfo” MChJ tomonidan taqdim etilgan mazkur elektron ma’lumotnomasi Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun juda qulay mobil ilova hisoblanadi. Mobil ilovani bir marta yuklab olgandan so‘ng undan navbatdagi yangilanishlarga qadar bemalol offlayn foydalanish mumkin. Mobil ilovadan Toshkent shahri xaritasi, 12 mingdan ziyod tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar kiritilgan katalog, “Gorod skidok” (“Chegirmalar shahri” hamkorlari, transport yo‘nalishlari (269ta) o‘rin olgan.

Poytaxtning istalgan nuqtasidan boshqa xohlagan joyga boradigan transport yo‘nalishlarini topib beradi. Biror joy belgilansa, yaqin atrofda joylashgan tashkilotlar, bekatlar va boshqalar haqida ma’lumotlar, jumladan, tashkilotning yuridik manzili, telefon raqamlari, ish vaqtlari, u erga boradigan transport turlari va yo‘nalishlari, mo‘ljal, to‘lov usullari vahokazolar paydo bo‘ladi.

Mobil ilovani yuklab olish: AppStore, Play Market

Click

Jismoniy shaxslar uchun mobil telefon orqali (USSD/SMS-portal) uyali aloqa operatorlari, internet provayderlari va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, internet-do‘konlarda onlayn savdolarni amalga oshirish, pul mablag‘larini boshqa jismoniy shaxslar hisobiga o‘tkazish mumkin.

Mobil ilova yordamida to‘lovlarni amalga oshirish, hisobdagi qoldiqni tekshirish, xarid va to‘lovlar tarixini ko‘rish imkoni ham mavjud. Shuningdek, kommunal (hozircha gaz va maxsustrans), sug‘urta (Alskom, Uzbekinvest), saytlar, soliqlar (mol-mulk, er va ESP GNK), xalqaro aloqa to‘lovlarini amalga oshirish mumkin. Mobil ilovaning o‘zbek tilidagi talqini ishlab chiqilmagan.

Mobil ilovani yuklab olish: AppStore, Play Market

Gazeta.uz

O‘zbekiston va jahonda ro‘y bergan eng muhim yangiliklar muntazam ravishda yoritib boriladi. Mobil ilova orqali rus va o‘zbek tillarida voqea-hodisalar rivojini kuzatib borish mumkin. Ilova onlayn rejimda ishlaydi. Bugunga qadar ushbu ilovani 100 ming martadan ko‘p yuklab olishgan.

Ilovada qulay qidiruv tizimi, asosiy xorijiy valyutalarining so‘mga nisbatan davlat kursi to‘g‘risidagi so‘nggi ma’lumotlarni ko‘rsatib boradigan bo‘lim faoliyat yuritadi. Mobil ilova sozlamalar bo‘limidagi “Profil” qismida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Gazeta.uz”da avtorizasiyadan o‘tib, materiallarga izoh qoldirish mumkin.

Mobil ilovani yuklab olish: AppStore, Play Market

Kun.uz

O‘zbek tilida tezkor yangiliklarni qulay va yengil Kun.uz mobil ilovasi orqali kuzatib borish mumkin. Faqatgina o‘zbek tilida ma’lumotlar taqdim etadigan dastur onlayn rejimda ishlaydi. Mobil ilovada “So‘nggi xabarlar”, “Kunning asosiy xabarlari”, “Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar” hamda “Foto va video” bo‘limlari mavjud.

Mobil ilovaning yana bir qulayligi shundaki, “Sahifalar” qismidagi “Mobil muxbir” bo‘limi orqali har kim o‘z maqolasi, yangilik va ma’lumotlarini osongina tahririyatga yo‘llashi mumkin.

Mobil ilovani yuklab olish: AppStore, Play Market

Klavus-Uzbek keyboard

Mobil qurilmalar orqali o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida matn yozuvchilar uchun qulay mobil ilova. Jumladan, unda O‘, Q, G‘, H hamda O’, Q, G’, Sh, Ch harflari qulay usulda joylashtirilgan. Klaviaturaning pastki qismidagi tugmacha orqali alifbolarni osongina o‘zgartirish mumkin. Shuningdek, dasturda so‘zlarni oldindan ko‘rsatish xizmati mavjud bo‘lib, o‘zbek tilidagi ko‘plab so‘zlar bazasi kiritilgan. Ushbu bazaga yangi so‘zlarni ham kiritish mumkin. Bu esa doimo ishlatadigan so‘zlaringizni to‘liq terib o‘tirishdek mashaqqatdan sizni xalos etadi. O‘z hissiyotlaringizni so‘z bilan ifoda etmoqchi bo‘lmasangiz, “tabassumchalar” yordamga keladi.

Mobil ilovani yuklab olish: Play Market

UzDJ Bilet

O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyatining mazkur mobil ilovasi trasnportning mazkur turidan foydalanuvchilar uchun katta qulaylik taqdim etdi. Ushbu dastur orqali yo‘lovchilar oldindan chiptalarga buyurtma berib, to‘lovni ham amalga oshirishlari mumkin. Mobil ilova rus va o‘zbek tillarida ishlab chiqilgan bo‘lib, onlayn rejimda ishlaydi.

Mobil ilovaning bosh sahifasi orqali chiptalar, poezdlar jadvali, kompaniya yangiliklari va ma’lumotlar bo‘limlariga o‘tish mumkin. Shuningdek, menyu yordamida kompaniya ma’lumotxonasiga qulay qo‘ng‘iroqni amalga oshirish, shaxsiy buyurtmalarni ko‘zdan kechirish mumkin. “Ma’lumotlar” bo‘limida turli foydali tavsiya va axborotlar qatorida elektron chiptalarni sotib olish qoidalari bilan tanishib chiqish mumkin.

Mobil ilovani yuklab olish: AppStore, Play Market

Muslim taqvimi

Musulmonlar taqvimi va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan mobil ilovada har kunlik namoz vaqtlari mavjud bo‘lib, ular oldidan foydalanuvchini ogohlantirish tizimi ishlab chiqilgan. Mobil ilovada “Namoz kitobi”, “Qur’oni karim”, “Kalendar”, “Taqvim” bo‘limlari orqali kerakli ma’lumotlarni olish mumkin. Shuningdek, unda qiblani aniqlash uchun kompas, qazolarni belgilab borish, yaqin joydagi masjidni aniqlash, elektron tasbeh, Qur’oni karimning arabcha matni va qiroatlarini eshitish imkoni ham mavjud.

Mobil ilovadan foydalanish vaqtida turli hadis va hikmatlar asosiy oynaga chiqadi. Ularni o‘qib, boshqalar bilan ham bo‘lishish mumkin. Dastur offlayn va onlayn rejimlarda ishlaydi.

Mobil ilovani yuklab olish: AppStore, Play Market

Kitobim

Sodda interfeys (ichki dizayn)ga ega mazkur ilova tijorat maqsadida ishlab chiqilganiga qaramasdan, unda bepul kitoblar ham o‘rin olgan. Ham onlayn, ham offlayn rejimda ishlaydigan dasturda bepul taqdim etilgan kitoblarni o‘qish uchun ularni yuklab olish talab qilinadi.

Mobil ilova orqali badiiy, ilmiy-ommabop asarlar, o‘quv adabiyotlari, majmualar, qo‘llanmalarning elektron ko‘rinishini xarid qilish mumkin. Shuningdek, qidiruv bo‘limi orqali kerakli kitobning bor-yo‘qligini tekshirish imkoni mavjud.

Mobil ilovani ishlab chiqqanlar hali uni takomilga etkazishlari, dizayn, ishlash uslubini zamonga moslashtirishlari va imkon qadar foydalanuvchilarga qulaylik yaratish ustida bosh qotirishlari lozimligini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Dasturning mazkur ro‘yxatga kiritilganini esa o‘zbekistonlik kitob muxlislariga shu kabi foydali resurslar borligini ma’lum qilish istagi bilan izohlash mumkin.

Mobil ilovani yuklab olish: Play Market

Manba: terabayt.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar