“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Angliya kuni» bo‘lib o‘tdi

27 apr, 13:29 7 406 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Angliya kuni» bo‘lib o‘tdi 25 aprel kuni Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonada «Angliya kuni» deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu tadbir Buyuk Britaniyada nishonlanayotgan bir qator muhim sanalarga: 21 aprel Qirolicha Elizaveta II ning 90 yoshligi, 23 aprel – Angliya himoyachisi Avliyo Georgiy kuni hamda Shekspirning tavallud kuni va o‘limining 400 yilligiga bag‘ishlandi.

Tadbirda ishtirokchilarni Buyuk Britaniyaning madaniyati, an’analari va adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish uchun turli musobaqa va savol-javob o‘yinlar uyushtirildi. Ushbu tadbirda 50 dan ortiq talaba ishtirok etib, eng faol ishtirokchilar elchixona sovrinlariga ega bo‘ldi. Tadbirda Milliy kutubxona direktori Asadjon Xo‘jaev, Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Allan va elchi o‘rinbosari Fiona Makston so‘zga chiqdi.

Elchi Allan, o‘z navbatida, ingliz tilini o‘rganishga, Britaniyaning madaniyati, an’analari va adabiy merosini o‘rganishga ortib borayotgan qiziqishni mamnunlik bilan ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, kelajakda ham Milliy kutubxona bilan hamkorlikda turli madaniy va ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirishga tayyorligini ifodaladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar