“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:46
ЎЗO‘Z

Surxondaryoda valyuta oldi-sotdisi bilan noqonuniy shug‘ullanuvchilar qo‘lga olindi

02 dek, 15:30 9 439 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryoda valyuta oldi-sotdisi bilan noqonuniy shug‘ullanuvchilar qo‘lga olindi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan bir qancha qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda «Huquq» gazetasi.

Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan «Sho‘rchi−Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Nexia rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Boysun tumani «Darband» YPX maskanida departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, fuqaro Sh. Hoshimovning yon cho‘ntagida 21 ming 300 AQSh dollari borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovoldi tekshiruv harakatlari davomida Sh. Hoshimov 21 ming 300 AQSh dollaridan 8 ming 300 dollarini fuqarolardan kelgusida muomalaga kiritish uchun sotib olganligi va 13 ming dollari esa muntazam valyuta savdosi bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanuvchi fuqaro B. Valievga tegishli ekani aniqlandi. Qonunbuzarlarning ushbu valyutalarni sotish uchun Toshkent shahriga olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, sho‘rchilik B. Sherxanov va B. Mamatovlar tadbirga jalb qilingan fuqaroga har 100 AQSh dollarini 288 ming 800 so‘mdan hisoblab, 9500 AQSh dollarini 27 mln. 436 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan sud o‘zining odilona hukmini o‘qidi. Olingan barcha valyuta qimmatliklari davlat egaligiga o‘tkazilib, jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Foto: Motto.net.ua
Tekst: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar