“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:22
ЎЗO‘Z

Karerasi uchun oila qurganini ommadan yashirgan Bollivud yulduzlari (foto)

02 dek, 14:44 4 456 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karerasi uchun oila qurganini ommadan yashirgan Bollivud yulduzlari (foto) Hind sanoati vakillaridan kimlar muxlislarini yo‘qotishdan qo‘rqib yoki faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun turmush qurganini sir tutgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Amir Xon va Rina Datta

Foto: «Bollywoodtime.ru»
Bir-biriga qo‘shni bo‘lgan Amir Xon va Rina o‘smirlik davridayoq bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Qiz musulmon bo‘lmagani uchun ularning ota-onalari to‘yga qarshilik qilgan, ammo shunga qaramay, juftlik 21 yoshida turmush qurgan. 1986 yilda ular uyidan qochib ketgan. Ilk «Hukm» (1989) filmi ekran yuzini ko‘rgan vaqti aktyor muxlislarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun uzoq vaqt davomida uylanganini oshkor qilmagan. Birga 16 yil yashagan Amir va Rina 2002 yilda ajrashgan.

Shridevi va Boni Kapur

Foto: «Bollywoodtime.ru»
Shridevi Boni Kapur bilan munosabatlarini homilador bo‘lguniga qadar hammadan yashirgan. Aktrisa Bonining oilasi borligi va o‘zi Mitxun Chakraborti bilan munosabatda ekani sabab avvaliga Kapurga ro‘yxushlik bermagan.

Foto: «Bollywoodtime.ru»
Ammo Mitxun bilan aloqalariga nuqta qo‘yilganidan keyin Kapur bilan uchrashishni boshlagan. Telegraph India nashrining yozishicha, Shridevi va Boni deyarli uch yil davomida turmush qurganini bildirmaslikka harakat qilgan.

Juhi Chavla va Jay Mexta

Foto: «Bollywoodtime.ru»
Juhi Chavla 1992 yildagi suratga olish jarayonida Rakesh Roshan bilan tanishgan. U vaqtda Rakeshning oilasi bo‘lgan. Roshanning rafiqasi Juhining esa onasi vafot etganidan keyin juftlik bir-biriga hamdard bo‘lgan. Ularning turmush qurgani Juhining homiladorligidan keyingina ma’lum bo‘lgan.

Rekha va Vinod Mehra

Foto: «Bollywoodtime.ru»
Mish-mishlarga qaraganda, Rekha va Vinod Mehra oila qurganini nafaqat muxlislari, balki matbuot va ularni turmushiga qarshi bo‘lgan aktyorning onasidan ham yashirgan. Rekxa shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilishni yoqtirmaydiganlardan. Vinodga turmushga chiqqanini rad etishni afzal bilishiga qaramay, uning yaqin do‘stlari buning aksini ta’kidlaydi.

Govinda va Sunita

Foto: «Bollywoodtime.ru»
Karerasining boshida Govinda «Ayb» filmidagi hamkasbi Nilam Kotxariga telbalarcha oshiq bo‘lgan. Suratga tushish davomida orasida sevgi uchquni alanga olgan juftlik, keyinroq yana o‘nga yaqin filmda birga ishtirok etgan.

Foto: «Bollywoodtime.ru»
Nilamga uylanishiga Govindaning onasi qarshilik qilgan va o‘g‘liga Sunita ismli qizni olib bermoqchi bo‘lgan. 1987 yil 11 martda Govinda nafaqat jurnalistlar, balki Nilamdan ham yashirincha Sunitaga uylangan. Stardust jurnaliga bergan intervyusida Nilam karerasiga salbiy ta’sir qilmasligi uchun to‘yini sir tutganini ta’kidlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Misrlik muhojir Rami Malek qanday qilib Gollivudni zabt etdi? 16 мая, 22:53 131
  • Shavkat Mirziyoyev: Tariximizni dunyoga kino yordamida tanitishimiz kerak 16 мая, 22:12 64
  • O‘zbekiston tarixiy suratlari to‘plami YUNESKO «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritildi 11 мая, 21:50 73
  • Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi 10 мая, 16:20 589
  • Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film 10 мая, 12:47 94
  • Onasiz ulg‘aygan, uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va qamalib chiqqan Ozodbek Nazarbekov 50 yoshga to‘ldi 09 мая, 17:47 1 030
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 6
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 5
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 40
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 42
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 24
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 86
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • Bo‘limlar