“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:14
ЎЗO‘Z

«Ilhaq» filmi Belarusdagi xalqaro kinofestivalda ikkita yirik mukofotni qo‘lga kiritdi

27 noya, 16:56 1 843 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ilhaq» filmi Belarusdagi xalqaro kinofestivalda ikkita yirik mukofotni qo‘lga kiritdi «Listapad» xalqaro Minsk kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning «Ilhaq» filmi ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi. Muhammadali Iskandarovning «Men terrorchi emasman» filmi esa hay’at a’zolarining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

«Ilhaq» filmi kinofestivalning «Gran-pri» hamda Belarus respublikasi prezidentining «Kinoda ma’naviyat va insonparvarlik g‘oyalari uchun» maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

«So‘nggi yillar o‘zbek filmlari yuksak mukofotlarni olayotgani tahsinga loyiq. Bularning barchasi muhtaram prezidentimizning kinoga e’tiboridan dalolat. «Ilhaq» filmining g‘oyasi ham yurtboshimizga tegishli»,— deydi Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

Shuningdek, «Listapad» xalqaro kinofestivalida Muhammadali Iskandarovning «Osiyo arsloni» (Aziatskiy lev) hamda Akbar Bekturdiyevning «Uzbechka» (O‘zbek qizi) yangi kinoloyihalari kinematografiya agentligi hamda «Belarusfilm» milliy kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olish bo‘yicha kelishuvlar olib borildi. Filmlarning bir qismi Belarus hududida suratga olinishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbek filmlari so‘nggi oyda 6 ta xalqaro darajadagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Avvalroq, 8-12 noyabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Korkut Ata» xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Tutqunlik» hamda «Xalq jasorati» filmlari ham sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi. Yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari ham muntazam ravishda turli kinofestivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.

«Listapad» xalqaro Minsk kinofestivali Kinoprodyuserlar assotsiatsiyasining xalqaro federatsiyasi (FIAPF) ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, unda Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlarining sara filmlari ishtirok etadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar