“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:10
ЎЗO‘Z

Xonanda Adel 6 yillik tanaffusdan so‘ng yangi qo‘shiq kuyladi (video)

16 okt, 07:55 2 258 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonanda Adel 6 yillik tanaffusdan so‘ng yangi qo‘shiq kuyladi (video) Foto: The Guardian
Britaniyalik xonanda Adel «Easy On Me» nomli qo‘shiq klipini taqdim qildi. Bu uning 6 yillik tanaffusdan keyingi ilk kompozitsiyasi.

Amerikalik prodyuser Greg Kerstin bilan hamkorlikda yozilgan mazkur qo‘shiq xonandaga xos bo‘lgan fortepiano jo‘rligidagi sokin ballada janrida ijro qilingan. Klip Kvebek shahrida suratga olingan. Unga avvalroq Adelning «Hello» klipi ustida ishlagan Ksave Dolan rejissyorlik qilgan.

Klipda sotuvga qo‘yilgan eski uyni tark etgan Adelning qishloq yo‘li bo‘ylab mashinada harakatlanayotganini, yo‘l-yo‘lakay kempingda dam olayotganlar, kabrioletdagi yoshlar, eski mebellarni tashiyotgan furgonga duch kelishini ko‘rish mumkin.

«Easy On Me» qo‘shig‘i Adelning 19 noyabrda taqdim qilinishi rejalashtirilgan «30» nomli to‘rtinchi albomidan o‘rin olgan. An’anaga ko‘ra ijodkor plastinkalari nomini ularning ustida ishlashni boshlagandagi yoshi bilan nomlaydi.

Yangi albomning yaratilishiga Adelning sobiq turmush o‘rtog‘i Saymon Konetski bilan ajrashishi turtki bo‘lgan. «Easy On Me»da xonanda sobiq umr yo‘ldoshiga va to‘qqiz yashar o‘g‘li Anjelo Jeymsga murojaat qilib, nima uchun uning otasi bilan birga bo‘la olmasligini tushuntiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar