“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:41
ЎЗO‘Z

Mashhur qo‘shiqchi Adel 2015 yildan buyon birinchi bor yangi qo‘shig‘ining tizerini taqdim etdi

06 okt, 23:56 1 695 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mashhur qo‘shiqchi Adel 2015 yildan buyon birinchi bor yangi qo‘shig‘ining tizerini taqdim etdi Britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Adel ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zining so‘nggi olti yil ichidagi birinchi qo‘shig‘i — Easy One Me’ning tizerini e’lon qildi, deb xabar beradi Esquire.

Striming platformalarda qo‘shiq 15 oktabr kuni paydo bo‘ladi. Adelning yangi qo‘shig‘i 21 soniyali oq-qora klipda namoyish etilgan bo‘lib, unda xonanda trek nomi yozilgan kassetani avtomobil magnitolaga soladi va qishloq orasidan o‘tgan yo‘l bo‘ylab harakatlanadi. Shundan so‘ng, fortepiano ovozi jaranglaydi, mashinadan esa nota varaqlari uchib chiqadi.

Shuningdek, Adel ijtimoiy tarmoqlardagi avatarini feruza rangli tasvirga almashtirgan. BBC’ning yozishicha, butun dunyo bo‘ylab 30 raqami tushirilgan bilbordlar ham paydo bo‘ladi, aftidan bu taqdim etiladigan albomning nomi. Qo‘shiqchining bundan oldingi barcha albomlari («19», «21» va «25») uning uchun o‘tish davri bo‘lgan yosh sharafiga nomlangan.

Hozirda 33 yoshda bo‘lgan Adel uch yil oldin turmush o‘rtog‘i Saymon Koneski bilan ajrashgan edi. Yaqinda u Instagram orqali amerikalik sport agenti Rich Pol bilan munosabatlarini bilvosita tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, 2015 yilda Adel o‘zining «25» nomli uchinchi albomini taqdim etgandi. «Gremmi» mukofotining 59-topshirish marosimida u eng yaxshi albom va vokalli eng yaxshi pop-albom deya tan olingan. Shuningdek, Hello qo‘shig‘i ijrochiga «Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i» kabi qator yo‘nalishlarda mukofotlarni olib kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 120
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 213
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar