“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 05:56
ЎЗO‘Z

Milliarderning buvisini qutqarib, unga turmushga chiqqan Keyt Uinsletning ajabtovur sevgi hikoyasi

05 okt, 23:55 2 424 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliarderning buvisini qutqarib, unga turmushga chiqqan Keyt Uinsletning ajabtovur sevgi hikoyasi Gollivudning mahoratli aktrisasi Keyt Uinslet 2021 yil 5 oktabr kuni 46 yoshni qarshi oldi. Aktrisaning uzoq kutilgan oilaviy baxtni – sevimli turmush o‘rtog‘i va bolalarini «olov ichidan olib chiqqani» haqidagi sevgi hikoyasini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Reuters
Jeyms Kemeronning mashhur «Titanik» filmi namoyish etilishi bilan Uinsletning mashhurlikka erishishi Leonardo Di Kaprio bilan munosabatlari haqida ko‘plab mish-mishlarni keltirib chiqardi. Ba’zilarning aytishicha, ular orasidagi ishqiy munosabatlar suratga olish ishlari tugagandan so‘ng ham davom etgan, boshqalar esa buni endi boshlanishini taxmin qilgan. Afsuski, ularning hech biri haq bo‘lib chiqmadi. Keyt va Leo umrbod yaxshi do‘st bo‘lib qoldi. Uinsletning ajoyib ijodiy faoliyati har doim ingliz aktrisasining muxlislarini hayratda qoldirdi.

Shuning uchun ular aktrisaning shaxsiy hayotda baxtini topishga urinayotganida, muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan xafa bo‘ldi. To‘g‘ri, u yoshligida yozuvchi Stiven Tredr bilan uchrashgan. Aloqalar besh yil davom etgan va bu Keytning qalbida yorqin va qayg‘uli xotira bo‘lib qolgan, xolos. U bilan munosabatlarni to‘xtatgandan keyin ham Stiven o‘ta og‘ir kasal bo‘lgan paytda uni qo‘llab-quvvatlagan.

Foto: Pinterest
Aktrisa birinchi turmushi rejissyor Jeyms Triplton uchun ba’zi narsalardan voz kechdi. U Jeyms yordamchi bo‘lib ishlayotgan «Marokash ekspressi» filmida suratga tushish uchun «Oshiq Shekspir» kartinasida rol o‘ynashdan bosh tortgan. Ularning orasidagi muhabbat ko‘pchilik kutganidek nikoh bilan yakun topdi. Quvnoq Keyt mashaqqatli mehnatga qaramay, oilaviy farovonlikni yaratish uchun qo‘lidan kelganini qildi. 2000 yilda u Miya ismli qizini dunyoga keltirdi va bola nikohni yanada mustahkamlashiga ishondi. Ammo sensatsiya uchun jurnalistlar Jeyms Tripltonning xayolini buzdi. Rejissyor sifatida u, albatta, ikkinchi Kemeronga aylanmadi. Biroq oiladagi teng bo‘lmagan daromadlar haqidagi doimiy savollari uni ajrashish uchun ariza berishga majbur qildi.

Keyt va uning birinchi turmush o‘rtog‘i – Jeyms Triplton
Foto: Wday

Ehtimol, taqdir Keyt Uinsletni shu yo‘l bilan masxara qilgandir. Uning keyingi turmush o‘rtog‘i ham rejissyor bo‘lib chiqdi. Bu safargisi Gollivudda juda mashhur edi. Sem Mendes o‘zining odob-axloqi, teran fikrlashi va yoqimli xulq-atvori bilan uning qalbini zabt etdi. 2003 yilda juftlik Angliyaning go‘zal orolida turmush qurdi. Ko‘p o‘tmay Keyt o‘g‘li Alfini dunyoga keltirdi, bu esa Sem Mendesni juda xursand qildi. Yetti yillik nikoh ham bir zumda o‘tib ketdi: shu vaqt ichida mashhur ingliz aktrisasi filmlarda eng yaxshi rollarni o‘ynadi. Lekin ularning ham nikohiga darz ketgan edi.

Hammasi Sem Mendes o‘z rafiqasini Leonardo Di Kaprio bilan birga filmda rol ijro etish taklifidan boshlandi. Natijada Semni hasadgo‘ylik qiynadi, chunki Keyt hamda Leo bir-biriga juda mos edi. Mendes yashirishga ham urinmagan yana bir sabab bor. Keyt Uinsletning aql bovar qilmas iste’dodi uning g‘azabini keltirardi va u nimadan ayb topishni bilmasdi. Shuning uchun u har safar sahnada o‘z xotinini kamsitishga urindi. Va har safar Leonardo Di Kaprio uni himoya qildi. Ajralish qiyin kechdi, Keyt ruhiy inqirozni yengish uchun kurashishi kerak edi.

Keyt va uning ikkinchi turmush o‘rtog‘i – Sem Mendes
Foto: «spletnik.ru»

Keyt Uinslet bilan sodir bo‘lgan hamma narsa keyinchalik uning qalbidagi noma’lum samoviy kuchlarning mo‘’jizaviy aralashuviga o‘xshardi. 2011 yilda u bolalari bilan milliarder Richard Branson oroliga dam olish uchun uchib ketdi. Tana va ruhning bu bayrami deyarli butun mintaqani qamrab olgan dahshatli tropik bo‘ron bilan qoplangan edi. To‘satdan Keyt bolalari bilan yashayotgan uyga chaqmoq tushdi va dahshatli yong‘in boshlandi. Hamma vahima ichida ko‘chaga yugurdi. Milliarder Bransonning onasi esa olov ichida qoldi.

Tahlikali vaziyatda faqat Keyt Uinsletgina o‘zini qo‘lga oldi, qo‘rqmay o‘zini yonayotgan uy ichiga otdi va keksa ayolni olov ichidan olib chiqdi. Milliarder jasur aktrisaga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirdi. Uning yonida esa Keyt Uinsletga mahliyo bo‘lgancha jiyani Edvard Smit turardi. Kulgili, ammo qolganlar yonayotgan uydan oyoq kiyimsiz yugurib chiqqanida, u kiyimlarini va poyabzalini kiyishni unutmagani bilan aktrisaning e’tiborini tortgan edi. Shu tarzda birinchi tanishuv tez orada nozik sevgi hikoyasiga aylandi.

Keyt va uning uchinchi turmush o‘rtog‘i – Ned Roknroll
Foto: Pinterest

Edvard Keytga turmushga chiqish taklifini bildirdi. 2012 yilda ular juda kamtarona to‘y o‘tkazdi: mehmonlar bor-yo‘g‘i olti kishi bo‘lgan. Edvard Keyt bilan bahsda yutqazib qo‘yib, o‘z familiyasi bilan xayrlashdi hamda janob Roknroll deb atala boshlandi. Uinsletning muxlislari agar u bunday shartga rozi bo‘lgan bo‘lsa, rafiqasini aql bovar qilmas darajada sevishini anglab yetdi. Biroq Keyt bu g‘alati familiyaning davomchisini ham dunyoga keltirdi. 2013 yil 7 dekabrda tug‘ilgan o‘g‘li Bear onasining talabiga binoan tanlangan familiyani oldi. Ko‘p yillar davomida hasad qilmasdan, janjallarsiz haqiqiy oilaviy baxtni kutgan Keyt o‘z orzusiga erishdi. Chunki yonida uni sevadigan va rafiqasining xohish-istaklarini bajarishga tayyor bo‘lgan ishonchli va mehribon odam bor.

Foto: Pinterest




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hit qo‘shiqlar ijrochisi Mirjalol Ne’matovning ilk konserti qanday o‘tdi? 18 sen, 16:25 32
  • Turk aktyor va aktrisalarini butun dunyoga mashhur qilgan obrazlar 17 sen, 07:00 39
  • Ozodbek Nazarbekov: Bu yil MDHning madaniy poytaxtiga aylangan Samarqand uchun muhim yil bo‘ldi 15 sen, 19:09 29
  • Ukraina prezidenti haqida hujjatli film suratga olindi 09 sen, 00:30 38
  • “Ishdagi ishq” filmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 5 ta fakt 08 sen, 21:57 213
  • “Kavkaz asirasi”da hech kim payqamagan xatolik: Shurikning sochi qanaqa rangda? 05 sen, 16:10 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 13
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 9
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 8
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 8
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 13
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 14
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar