“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:51
ЎЗO‘Z

Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini ruxsatsiz kuylagan SanJay yana javobgarlikka tortildi

04 okt, 19:28 2 010 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini ruxsatsiz kuylagan SanJay yana javobgarlikka tortildi Foto: Telegram / SanJaymusic
Sherali Jo‘rayevning «Karvon» qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylagan SanJay ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi. Bu safar xonanda Sherali Jo‘rayevning yana ikki – «Atirgulim, atringni soch» va «Gulbadan» qo‘shiqlarini muallif roziligisiz kuylagani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 29 iyun sanasida Intellektual mulk agentligiga mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro Sanjar Javberdiyev tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev qalamiga mansub «Gulbadan» hamda «Atirgulim, atringni soch» nomli she’riy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalangani holati ta’kidlangan.

Agentlik tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topgan.

Shu o‘rinda «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi qonunining 62-moddasiga muvofiq huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.

Agentlik tomonidan fuqaro Sanjar Javberdiyevga nisbatan holat yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilib, ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilgan.

Mazkur ma’muriy ish materiallari 2021 yilning 20 sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro Sanjar Javberdiyevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-1-moddasi birinchi qismi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan jarima jazosi qo‘llanilgan.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 20 avgust kuni davlat rahbari tomonidan imzolangan «Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq muallifga mualliflik huquqi va turdosh huquqlari buzilgan taqdirda, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilish huquqi berildi.

Endi mazkur o‘zgartirishni inobatga olgan holda huquq egasi o‘z mualliflik huquqlarini buzgan huquqbuzardan sud tartibida o‘zlariga yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovonni to‘lashini talab qilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 101
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 205
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar