“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:49
ЎЗO‘Z

O‘zbek kinosining «eng qimmat» aktrisalari reytingi: ularning kunlik gonorarini boshqalar bir oyda topadi

04 okt, 17:07 30 206 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek kinosining «eng qimmat» aktrisalari reytingi: ularning kunlik gonorarini boshqalar bir oyda topadi Ijodkorlarning qancha haq olishi ko‘pchilik uchun qiziq. Har yili xorij kinoyulduzlarining yillik daromadlari ommaga e’lon qilinadi, ammo o‘zbek ijodkorlarining daromadlari haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi. Aslida, uni oshkor etishning yomon tomoni yo‘q. Gonorar ijodkorning mehnatiga yarasha to‘lanadigan haq hisoblanadi. O‘zbek kinosining taniqli rejissyorlari bilan muloqotda bo‘lib, bugungi kundagi eng talabgir aktrisalar va ularning kunlik gonorar miqdorini o‘rganishga qaror qildik.

Durdona To‘laganova – «Jurnalist», «Sevgi», «Shukrona», «Sensiz» seriallari va «Koreyalik kelin», «Ojiza», «Ayriliq», «Yo‘qotilgan jannat», «Hijron» filmlarining rejissyori:
1. Dilnoza Kubayeva;
2. Ra’no Shodiyeva;
3. Nigora Karimboyeva.

Dilshod Ahmedov – «Vijdon azobi», «Fitna», «Saboq», «Omonat» va «Jumboq» serillari rejissyori:
1. Dilnoza Kubayeva;
2. Asal Shodiyeva;
3. Rayhon Ulasenova.

Ruslan Mirzayev – «Snayper», «Yondiradi, kuydiradi», «Farhod va Shirin», «Jodugar» filmlari va «Yuraklar jangi» seriali prodyuseri:
1. Lola Yo‘ldosheva;
2. Asal Shodiyeva;
3. Rayhon Ulasenova.

Shavkat Komilov – «Komila», «Singlim», «Aybsiz aybdor» filmlari va «Zalolat», «Mazlumlar» seriallari prodyuseri va rejissyori:
1. Dilnoza Kubayeva;
2. Zarina Nizomiddinova;
3. Asal Shodiyeva.

Umid Xusanov – «Daydi qizning daftari» seriali rejissyori:
1. Dilnoza Kubayeva;
2. Zarina Nizomiddinova;
3. Shahzoda Matjonova.

Rejissyor va prodyuserlarning fikrlarini umumiylashtirib, hozirgi kunda eng talab yuqori bo‘lgan aktrisalar va ularning gonarar miqdori qanchaligini bilishga harakat qildik.

1. Dilnoza Kubayeva – injiq va mas’uliyatli ijodkor. U seriallarda suratga tushishni yoqtirmaydi. Uning kunlik gonorar miqdori 500—700 AQSH dollarini tashkil etadi.

2. Asal Shodiyeva ijodiy takliflarni qabul qilishda partnyorlarning kimligiga alohida e’tibor beradi. Uning injiq va qaysarligini inobatga olmaganda, u bilan ishlash maroqli. Aktrisaning kunlik gonorar miqdori taxminan 500 AQSH dollarini tashkil etadi.

3. Zarina Nizomiddinova – atrofdagilar kayfiyati bilan hisoblashishlarini istaydigan aktrisa. U uchun pul unchalik ahamiyatga ega emas. Shu bois, vaziyatga qarab gonorar miqdorini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Uning kunlik gonorari taxminan 300—500 AQSH dollarini tashkil etadi.

4. Shahzoda Matchonova – o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, suratga olish maydonchasida yonib ishlaydigan aktrisa. Uning gonorar miqdori 300—500 AQSH dollarini tashkil etadi. Ammo keyingi paytlarda u faqat kliplarda suratga tushmoqda. Aktrisa yirik loyihalarda ishtirok etishni istamayapti.

5. Rayhon Ulasenova – mahoratli va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan ijodkor. Uning kunlik gonorar haqqi 250—300 AQSH dollarini tashkil etadi. Faqat aktrisaning bo‘sh vaqtini topish nihoyatda mushkul. Chunki uning to‘y-xizmatlaridagi gonorari bundan ancha qimmat.

6. Ra’no Shodiyeva – ochiqqo‘ngil aktrisa hech kimni xafa qilishni istamaydi. Debyutant rejissyor va prodyuserlarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bois, uning gonorar haqqi haqida aniq raqamlarni aytish mushkul. O‘rtacha gonorari kuniga 200 AQSH dollarini tashkil etadi.

7. Nigora Karimboyeva – talabchan va barchadan professionallikni talab qiladigan ijodkor. Uning kunlik gonorar haqqi 200 AQSH dollarini tashkil etadi.

8. Feruza Normatova, Shahzoda Muhammedova, Durdona Qurbonova — bu yosh aktrisalarning kunlik gonorari 100-150 AQSH dollarini tashkil etadi.

Mazkur ro‘yxatdan aktrisa Yulduz Rajabova ham o‘rin egallashi kerak edi. Chunki u ham o‘zbek kino san’atidagi eng qimmat aktrisalardan biri hisoblanadi. Aktrisa so‘nggi yillarda xususiy kinostudiyalar bilan ishlamayapti va serillardan tushadigan takliflarni rad etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 107
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 205
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar