“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:34
ЎЗO‘Z

Toshkent xalqaro kinofestivalida 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etiladi

23 sen, 21:07 2 062 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent xalqaro kinofestivalida 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etiladi Bugun O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi tomonidan «O‘zbekfilm» kinokonsernida tashkil etilgan «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan OAV vakillari, mutaxassislar, kinoijodkorlar va yoshlar uchun matbuot anjumanida festivalda 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etilishi aytib o‘tildi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduholikov tomonidan ochib berildi. So‘zga chiqqanlar festivalda kutilayotgan yangiliklar, festival doirasida tashkil etilishi kutilayotgan tanlovlar, yangi tashkil etilayotgan kinomanzillar va taniqli yulduzlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Matbuot anjumani davomida kinofestival ochilish marosimi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida tashkil etilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, festival doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Kinofestivalga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan bo‘lib, yosh kinoijodkorlar uchun «Kino 5 kunda» ijodiy tanloviga start berilganligi, xorijlik taniqli kinoijodkorlarning tashrifi, yangicha ko‘rinishda ta’mirlangan «O‘zbekfilm» kinokonserni va boshqa lokatsiyalar ochiqlandi.

Matbuot anjumani davomida xorijlik mutaxassislar ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot tashkil etildi. Unda qozog‘istonlik prodyuser Qo‘nan Adilbayev, italiyalik vakil Olga Strada, ozarbayjonlik kinorejissyor Rufat Gasanov, rossiyalik rejissyor va prodyuserlar Djanik Fayziyev, Timur Bekmambetov, qozog‘istonlik teatr va kinoaktyori Azamat Satibaldi va boshqalar ishtirok etishdi. Shuningdek, ZOOM platformasi orqali taniqli xorijlik ijodkorlarning tabriklari ko‘rsatildi.

Anjuman davomida OAV vakillari kinofestival bilan bog‘liq savollariga tashkilotchilar tomonidan javob olishdi.
Ma’lumot uchun, «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali 28 sentabr 3 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 51
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 165
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar