“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 13:09
ЎЗO‘Z

28 sentabrdan Toshkent xalqaro kinofestivali start oladi

21 sen, 20:50 2 759 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
28 sentabrdan Toshkent xalqaro kinofestivali start oladi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentabrdan 3 oktabrgacha «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, bu yil XIII marta o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Ipak yo‘li durdonasi» nomi bilan qayta tiklandi va Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yildan boshlab, har yili muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Bu yilgi Toshkent xalqaro kinofestivali «Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun» shiori ostida va «Festivallar festivali» formatida o‘tkaziladi.

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Shulardan biri, yosh kinoijodkorlar uchun «Kino 5 kunda» tanlovi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda dunyoning 22 mamlakatidan kelgan yosh rejissyorlar «Buyuk ipak yo‘li» mavzusida qisqa metrajli filmlarni suratga olishadi hamda tayyor filmlarni «Yangi avlod kinosi» festivali doirasida namoyish qilishadi.

Shuningdek, kinofestival doirasida 13 ta davlatning kino kunlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. 29 sentabrdan boshlab, mamlakatning barcha kinoteatrlarida filmlar namoyishi boshlanadi. Har bir mamlakat o‘z filmlarini O‘zbekistonning turli hududlari bo‘ylab namoyish etadi.

Jahon kinosi kunlarida namoyish qilish uchun hozirga qadar 150 ta film taqdim etilgan. Ularning asosiy qismi o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan ko‘rsatiladi.

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik bitimlari imzolanishi, Kinematografiya agentligi va Rossiya kinokompaniyalari bilan hamkorlikda suratga olingan «Baron-2», «Quyosh ta’mi», «Parining sovg‘asi» singari kinofilmlar namoyish qilinishi kutilmoqda.

XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga chet el mamlakatlaridan 150ga yaqin mashhur kinoijodkorlar tashrif buyuradi. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, xalqaro kinofestival, tashkilot hamda distribyutor kompaniyalarning vakillari o‘rin olgan. Festival davomida ushbu taniqli rejissyorlar va aktyorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslari va brifinglar tashkil etiladi.

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 58
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 633
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 357
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 538
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 9
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 8
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 4
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 85
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 107
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 62
  • Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi 30 apr, 06:39 48
  • Bo‘limlar