“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 12:43
ЎЗO‘Z

Adrenalin sababmi yoki hayratda qoldirish istagi? Kaskadyorsiz ishlaydigan aktyorlar

21 sen, 14:57 1 667 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adrenalin sababmi yoki hayratda qoldirish istagi? Kaskadyorsiz ishlaydigan aktyorlar Hamma ham qonni junbushga keltiradigan va nafas ichga tushib ketadigan kino sahnalarni yaxshi ko‘rsa kerak. Ba’zida bitta ekstremal sahnani suratga olish uchun kunlar va oylar kerak bo‘ladi. Cosmopolitan nashri nafaqat o‘z rollarini professional darajada ijro etgan, balki barcha xavfli sahnalarni mustaqil bajarishga jur’at etgan aktyorlar haqida ma’lumot beradi.

Tom Kruz – «Uddalab bo‘lmas topshiriq»

Foto: Cosmopolitan
Tom Kruz Gollivuddagi faoliyatini endi boshlagan paytlarda ekstremal sahnalarda o‘zi o‘ynashdan qo‘rqqan, bunday ishlarni dublyorlarga topshirishni ma’qul ko‘rgan. Ammo aktyor «Uddalab bo‘lmas topshiriq» franshizasida Markaziy razvedka boshqarmasi agenti Itan Hant rolini qo‘lga kiritib, film prodyuserlaridan biriga aylangach, hammasi butkul o‘zgardi. Aynan shu kinofilmda Tom Kruz kaskadyorlik mashqlarini mustaqil ravishda bajara boshladi: parashyutdagi parvozlar, jarliklarga sakrash va motosikl poygalari shular jumlasidan. Hozirgi vaqtda aktyor rejissyor va prodyuserlarning o‘zini asrashi va bunday ishlarni kaskadyorga berishi kerakligi haqidagi gapiga parvo ham qilmaydi.

Xloya Greys Morets — «Kallakesarlar»

Foto: Cosmopolitan
Jinoyatchilikka qarshi kurashga qaror qilgan o‘smirlar haqidagi komiksning ekranlashtirilgan ajoyib varianti. Xloya Greys Morets mazkur filmda o‘ynaganda 12 yoshda bo‘lgan. Suratga olish ishlariga nihoyatda jiddiy yondashilgan, aktrisa hatto kaskadyorlik kurslariga qatnashishiga to‘g‘ri kelgan. Gap shundaki, ijodkorlar Xloyaning jismoniy holatiga mos keladigan dublyor topa olishmagan, shuning uchun Mores barcha murakkab tryuklarni o‘zi bajargan.

Xarrison Ford — «Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi»

Foto: Cosmopolitan
Xarrison Ford har doim tavakkal qilishga va eng qiyin harakatlarni bajarish uchun o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga tayyor. Indiana Jonsning ajoyib sarguzashtlarini hayajonli sahnalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Filmning suratga olish ishlarida Xarrisonni o‘ta xavfli harakatlardan qaytarishga urinishgan, lekin aktyor har doim mustaqil ishlashni talab qilgan. Masalan, vertolyotdan sakrash va avariya sahnalarini Fordning o‘zi bajargan. Haqiqiy hayotda ham u ekstremal sportga qiziqadi va shaxsiy samolyotini o‘zi boshqaradi.

Anjelina Joli — «Lara Kroft: Hayot beshigi»

Foto: Cosmopolitan
Anjelina Joli ham bu borada bor kuchi bilan harakat qilishga tayyor. Masalan, lordning jasur qizi haqidagi «Lara Kroft: Hayot beshigi» sarguzasht filmida aktrisa hatto kuyish jarohati bilan kasalxonaga olib ketilgan, chunki suratga olish paytida Jolining pijamasi yonib ketgan. Bu film uchun Anjelina jang san’ati bo‘yicha saboq olishi, yuk mashinalarida tryuklar bajarishi va karnizda yurishni o‘rganishiga to‘g‘ri kelgan. Natijada juda ajoyib sahnalar yaratilgan.

Jeyson Stethem — «Yuk tashuvchi»

Foto: Cosmopolitan
Jeyson Stethem – kino olamiga sport orqali kirib kelgan aktyorlardan biri. Stethem 12 yil davomida Buyuk Britaniya milliy terma jamoasining suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha a’zosi, shu bilan birga, jang san’ati mutaxassisi hisoblanadi. Shuning uchun ham filmlardagi xavfli sahnalarni ijro etish Jeyson uchun muammo emas. Bu borada «Yuk tashuvchi» filmini alohida ta’kidlash kerak, chunki mashinada amalga oshirilgan o‘sha mashhur sahna aktyorga qimmatga tushishiga oz qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 133
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 35
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 36
  • Bo‘limlar