“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:04
ЎЗO‘Z

Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi haqida (video)

16 sen, 19:44 8 483 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi haqida (video) Foto: «Daryo»
Aktyor va shoumen Jahongir Xo‘jayev «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi Guli Asalxo‘jayeva qanday munosabatda ekanligi va Asal Abdullayeva aktrisalik faoliyatini to‘xtatishi haqida gapirib berdi.

- "Uylanishimga uyimdagilar unchalik ham qarshilik qilishmadi. Mana shu qiz, deganimda o‘zingga yoqdimi? deb so‘rashdi. Men esa san’atkor qiz bo‘lmasa bo‘lmaydi, dedim. Nimaga? Chunki u mana shu sohaning ichida yurgan. Suratga olish jarayonlarida bo‘lishim bor, uyga kech qaytishim bor: shunday vaziyatlarda u meni tushunadi. Oddiy qiz esa meni tushunmasligi mumkin.

(Kulib) Boshqa oddiy qizga telefonda «men suratga olish jarayonidaman», deganimda, «qanaqa suratga olish jarayoni ekan?» deb qolsa, men ijod qilolmayman. Nima bo‘lganda ham bo‘lg‘usi ayolimga hokimiyatni berib qo‘yish yo‘q.

Bo‘lg‘usi ayolim san’atdagi faoliyatini to‘xtatadi. Men uni ishlatmayman, degan ma’noda aytmayapman. Masalan, oyimga dadamning nomidan sovchilikka borishgan vaqtda, oyim bilan ko‘rishishganida oyim «mayli, sizga turmushga chiqaman, lekin men xonandalikni yaxshi ko‘raman, xonanda bo‘laman», deb aytgan ekanlar. Shunda dadam «mayli, men rozi bo‘laman, faqat bolalaringizni katta qilganingizdan keyin sizga ruxsat beraman», deb aytgan ekanlar.

Oyim o‘sha va’daga muvofiq biz katta bo‘lganimizdan keyin 2000 yillardan o‘z ijodlarini boshlaganlar. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imning san’atga vaqti ham bo‘lmaydi. Farzandlarimizni tarbiyalab, u-bu qilib o‘zi vaqti o‘tib ketadi. Mayli, orada qanaqadir kichik-kichik suratga olish jarayonlariga borishi mumkin. Mayli 80/20 foiz bo‘lsin. 20 foiz kuchini san’atga tashlasin, lekin 80 foiz oilada bo‘lsin.

Men o‘zi ish buyurishni yaxshi ko‘raman. Unga uni qil, buni qil deb rosa ish buyuraman. Uning o‘zi ham san’atdan to‘ygan. Mana, o‘zingiz ko‘rib turibsiz, kinolar o‘lyapti, seriallarni ham ko‘rib turibsiz. U aktrisalikka qiziqadi, boshlovchilikka qiziqmaydi. Masalan, unga bu masalalarning farqi ham yo‘q. Menga qolsa, uyda o‘tirgani yaxshi. Masalan, men unga taklif ham berdim. «Bir kiyim brendi qiling, o‘zim ham yordamlashaman», dedim. Balki, shunga qiziqib ketar. Agar eplasa, oilani ham, san’atni ham qilaversin", - deydi «Aristokratlar» kulgi jamoasi sardori, shoumen Jahongir Xo‘jayev.

Ma’lumot uchun, Jahongir Xo‘jayev 1995 yil 22 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. «Aristokratlar» kulgi jamoasining sardori, «Real xit» ko‘rsatuvi boshlovchisi. Rejissyor sifatida «Payg‘ambar oshig‘i Hasan» qisqa metrajli filmini suratga olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 46
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 602
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 353
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 514
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar