“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:00
ЎЗO‘Z

Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi

14 мая, 13:29 2 987 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi
Qorako‘l tumanida ilk arxitektura yodgorligi – madaniy meros ob’ekti aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qorako‘l tumanidagi “Sho‘rabot” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining murojaatiga asosan mahalla hududida joylashgan qadimgi masjid binosi Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganildi.

Masjid binosi XIX asrning ikkinchi yarmida, ya’ni 1884-85 yillarda mahalla-guzar masjidi sifatida qurilgan bo‘lib, uch asrlik tarixga ega. Masjid yog‘och konstruksiyali bo‘lib, kvadrat shaklli bir ustunli, o‘ymakori to‘sin va vassa yopilgan. Ustun, to‘sin va “bog‘dodi” eshiklari yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan. “G” harfi shaklidagi yetti ustunli ayvoni hozirda saqlanmagan, uning o‘rnida XX asr oxirlarida qurilgan ayvon mavjud. 

Bildirilishicha, hozirgi kunda ushbu masjidda qishloq kutubxonasi (Qorako‘l tumani kutubxonasi filiali) joylashgan.

Shuningdek, Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi Badiiy ekspertiza bo‘limi boshlig‘i tomonidan mahalla raisi, qishloq oqsoqoli, “Qadimgi Poykent shahri tarixi” muzeyi direktori ishtirokida ilmiy o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Natijada, masjid ustuniga o‘yib yozilgan tarixiy yozuv, arab alifbosi asosidagi fors tilida nastalih xatidagi yozuv ekani va u quyidagi mazmunga ega ekanligi aniqlandi: 
fors tilida “In masjidro bino kard Ro‘ziboy ibn G‘aybulloboy 1304” ya’ni, “Bu masjid G‘aybulloboy o‘g‘li Ro‘ziboy tomonidan hijriy 1304 yilda qurdirilgan” degan so‘zlar yozilgan. 


Ushbu yozuvlar asosida xulosa qilib aytganda, mazkur masjid tarixiy va badiiy qiymatga ega ekanini inobatga olib, uni moddiy madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar