“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:42
ЎЗO‘Z

«Zuleyha» serialini suratga olish jarayonidagi janjaldan keyin Murat Unalmish Kerem Alishikni sudga berdi

04 мая, 21:00 4 682 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Zuleyha» serialini suratga olish jarayonidagi janjaldan keyin Murat Unalmish Kerem Alishikni sudga berdi
Foto: Pinterest
Barcha uchun sevimli bo‘lgan «Zuleyha» serialini suratga olish maydonchasida keskin vaziyat hukm surmoqda. Serial aktyorlari Murat Unalmish va Kerem Alishik orasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan, deb yozadi «KinoTeka».

Ajoyib voqealarga boy «Zuleyha» seriali 3 mavsumda ekran yuzini ko‘rdi va yozgi ta’tildan so‘ng yangi mavsumni davom ettiradi. Serial syujeti 1960 yillarda sodir bo‘lgani sababli o‘sha davrga mos tarixiy binolar bilan butun shaharcha qurilgan. Shaharcha markazdan uzoqda joylashgan, shuning uchun aktyorlar va jamoa suratga olish maydonchasini tark etmaydi. Ular yaqin atrofdagi mehmonxonada yashaydi va hamisha birga bo‘ladi. Shuning uchun ham suratga olish jarayonidagi charchoqdan so‘ng tez-tez tushunmovchiliklar yuz beradi.

Bu safar ikki taniqli aktyor Murat Unalmish (Demir) va Kerem Alishik (Fekeli) o‘rtasida katta janjal kelib chiqqan. Janjal shunchalar jiddiyligidan Murat Keremni haqorat uchun sudga berdi.

Jurnalist Birsen Altuntashning so‘zlariga ko‘ra, voqea quyidagicha sodir bo‘lgan. 2021 yil 24 aprel kuni «Zuleyha» serialidagi otishma sahnasi Karaaxmetli qishlog‘ida suratga olingan. Suratga olish jarayonida Kerem va Murat o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Kerem ssenariyga kiritgan o‘zgarishni Murat yoqtirmagan. Shundan so‘ng ular matn borasida bahslasha boshlagan va Murat Keremni ssenariyni o‘z xohishiga ko‘ra o‘zgartirganlikda ayblagan. Nizo vaqtida Kerem Muratni haqoratlashgacha borgan.

Aktyorlarni tinchlantirishning iloji yo‘qligini payqagan rejissyor o‘sha vaqtning o‘zida jarayonni to‘xtatdi va bir kunlik tanaffus e’lon qildi. Avvalroq ham Kerem va Murat o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lganida serial prodyuseri Timur Savji ularni tinchlantirgan edi.

Ammo bu safar Muratning niyati jiddiy va u Kerem Alishikka qarshi «sha’n va qadr-qimmatni haqorat qilish» moddasi bo‘yicha sudga murojaat qildi. Serial aktyor va aktrisalari voqea guvohlari sifatida ko‘rsatma berishga rozi, ammo kim qaysi tomonni qo‘llab-quvvatlashi hali aniq emas.
Ko‘rib turganingizdek, suratga olish maydonchasidagi voqealar «Zuleyha» seriali syujetiga qaraganda ancha qizg‘in kechmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar