“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 10:07
ЎЗO‘Z

Shahzoda Muhammedovaning onasi: «Tundan tonggacha» filmida bosh rolga Sevinch Mo‘minova ham da’vogarlik qilgan

02 мая, 17:53 4 945 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahzoda Muhammedovaning onasi: «Tundan tonggacha» filmida bosh rolga Sevinch Mo‘minova ham da’vogarlik qilgan
Kollaj: «Daryo»
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning onasi Gulmira Muhammedova «O‘zim» loyihasiga bergan intervyusida qizining san’at olamiga kirib kelishi hamda uni mashhur qilgan «Tundan tonggacha» filmi kastingidan qanday o‘tgani haqida so‘zlab berdi.

«Birinchi bo‘lib kinostudiyaga 16 yoshida o‘g‘limni olib bordim. O‘g‘limning Murod Rajabovdek aktyor bo‘lishini istadim. Qizimni kinostudiyada dizayner bo‘lishini niyat qildim. Lekin har doim ham o‘ylagan narsang bo‘lavermas ekan. O‘g‘lim qolib, rejissyor qizimni tanladi. Men yakkayu yagona kelinman, qizim oilamizda yakkayu yagona qiz nevara. Men orqamda turgan qaynota-qaynonamdan qanday dakki eshitishimni bilsam-da, qizimning kinoda rol o‘ynashiga jur’at qildim. ‘Omad’ filmidan taklif bo‘lganida o‘ylab ham o‘tirmasdan rozilik bildirdim, chunki ssenariyda qizimning fe’l-atvori yozilgan edi. Kichik rollardan boshlab, qanday qilib kino sohasiga kirib ketganimizni bilmay qoldik», — deydi Gulmira Muhammedova.

Gulmira Muhammedovaning aytishicha, Shahzodani elga tanitgan «Tundan tonggacha» filmi kastingi ham osonlikcha o‘tmagan.
«Jahongir Ahmedov yana bitta ssenariy yozdim, deb bosh qahramon roliga taklif qilyaptilar bir payt qarasam. Qanaqa rol u, desam u rol homilador kelinchak roli ekan. ‘Yo‘q, men bu rolga rozi bo‘la olmayman’, deb qarshi bo‘ldim. Qaynota-qaynonam bu narsadan judayam ranjishidan qattiq qo‘rqdim. Qizim bu yoqda kasal edi, isitmalab yotgandi. Bu qo‘ng‘iroqni eshitganidan so‘ng esa bir pasda tirilib, bir pasda jonlanib qoldi. Ssenariyni borib o‘qib ko‘rsak, mengayam, qizimgayam yoqib qoldi. Doskada rasmlari ilingan aktyorlar jamoasini ko‘rib, yanayam qiziqish uyg‘ondi.

Kasting ketayotgan edi. Kastingda 15 ta qiz ko‘rilayotgan ekan. Oxiri 8 kishi qolibdi. U sakkiz nafar qiz ichidan kuchli aktrisalar videosinov topshirayotgan ekan. Birozdan so‘ng ikki nafar qiz qolganini aytishdi. Ikkala qizdan biri Sevinch Mo‘minova, biri esa Shahzoda ekan. ‘Shahzoda, aniq aytaman Sevinch Mo‘minova yutadi’, dedim. Chunki uning qo‘shiqlari bor, qo‘shiqlaridan soundtrek sifatida foydalanishadi, dedim. Shahzodaning erkalanib o‘ynab beradigan joyi yoqib qoldi, shekilli, uni tanlashdi. Kutilmaganda filmga Shahzoda tasdiqlandi
», — deydi Gulmira Muhammedova.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 125
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 214
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 83
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 84
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 4
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 49
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 19
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 194
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 75
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 125
  • Bo‘limlar