“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:52
ЎЗO‘Z

2021 yilda suratga olingan hamda tomosha qilish tavsiya etiladigan turk seriallari

28 apr, 18:05 4 922 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2021 yilda suratga olingan hamda tomosha qilish tavsiya etiladigan turk seriallari
Foto:«Wday.ru»
2021 yil turk kino olami o‘z muxlislarini bir qator yangi seriallar bilan xursand qilmoqda. Hozircha reyting, ijobiy fikr va sharhlar bo‘yicha uchta serial yangi loyihalar orasida yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Ularni tomosha qilishni sizlarga ham tavsiya etamiz.

«Marash»

Foto: «teleseriali.ru»
Mazkur serial syujetiga ko‘ra, uzoq yillar turk armiyasida xizmat qilib kelgan Marashning hayotida bir kuni fojia yuz beradi. U qizi va turmush o‘rtog‘ini yo‘qotadi. O‘z oilasini himoya qilolmagan Marash bundan azoblanadi va nafaqaga chiqqach oddiy insonlar kabi xotirjam yashashni boshlaydi. Eski kitoblar do‘konini ochib, onasidan ayrilgan Zelish ismli qizaloqni asrab oladi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay uning rejalari butunlay o‘zgarib ketadi. Uning hayotiga Mahur ismli qiz paydo bo‘ladi. Mahur boy oilaning qizi bo‘lib, tasodifan qotillik yuz bergan joyda voqeani tasvirga oladi. Shundan so‘ng uning hayoti ta’qib ostida qoladi. Otasi qiziga unga qo‘riqchi yollaydi va Marash uning qahramoni sifatida gavdalanadi.

Foto: YouTube
«Oxirgi yoz»

Foto: «seriesturkish.com»
Tomoshabinlarning fikriga ko‘ra, ushbu serial ham avvalgilaridan butunlay farq qiladi. Birinchidan, uning reytingi yuqori. Ikkinchidan, serialning ilk qismidanoq unga qiziqish paydo bo‘ladi va uni tomosha qilmaslikning imkoni yo‘q. Shuningdek, serial syujeti shunchalar murakkabki, uning davomini taxmin ham qilib bo‘lib bo‘lmaydi. Voqealar markazida mamlakat farovonligi uchun xizmat qiladigan Selim obrazi bor. Uning oilasida e’tiborsizlik, mehr-muhabbat yetishmasligi kabi muammolar mavjud. Shuningdek, serialda Selchuk ismli personaj ham bo‘lib, u ko‘p yillik jinoyatchilar dunyosining boshlig‘i hisoblanadi. Ammo u mafiyalarni yo‘qotishda Selimga yordam beradi. Albatta, buni shunchaki qilmaydi, uning bu masaladan o‘z manfaatlari ham bor. Uning maqsadini esa serialni davomida bilib olish mumkin.

Foto: «seriesturkish.com»
«Hujumchi»

Foto: Screeen Mix Tv
Ushbu serialni Betmenning turk aktyori ijrosidagi turi desa ham bo‘ladi. Fotih ismli halol va adolatli o‘qituvchi shogirdlarini ham shunday fazilatlar bilan tarbiyalashga harakat qiladi. O‘qituvchi nafaqat kunduzi, balki tunda ham ishlashni boshlaganda vaziyat yanada murakkablashadi. Chunki aynan tunda ko‘plab jinoyatchilik ishlari yuz beradi. Fotih esa ularga qarshi kurashadi va har doim muammoga duch kelganlarga yordamga shoshiladi. Serial chindan ham avvalgilaridan farq qiladi. Rejissyorlar tomoshabinlarga ko‘proq imkoniyatlar taklif qilmoqda. Serialni tomosha qilib, undan kerakli xulosalar chiqarib olish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 130
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 222
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar