“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 23:04
ЎЗO‘Z

Entoni Hopkins «Oskar» mukofotiga loyiq ko‘rilgan vaqtda uxlab yotgan bo‘lgan

27 apr, 19:43 3 120 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Entoni Hopkins «Oskar» mukofotiga loyiq ko‘rilgan vaqtda uxlab yotgan bo‘lgan
Foto: Getty Images
«Ota» filmidagi roli uchun «Oskar» mukofotining eng yaxshi erkak nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan aktyor Entoni Hopkins taqdirlash marosimida ishtirok etmagan va o‘zining ismi e’lon qilingan vaqtda Uelsdagi uyida uxlab yotgan. Bu haqda aktyorning agenti Jeremi Barberga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

«Toni o‘zi o‘sib ulg‘aygan Uelsda edi va u tonggi soat 04:00 uxlab yotgan edi. Men yangilikni e’lon qilish uchun uni uyg‘otdim», — deydi Barber. U aktyor bundan «xursand va minnatdor ekanini» bildirgan.

Aktyorning vakilini so‘zlariga ko‘ra, bir yillik karantin va koronavirusga qarshi ikki dozalik vaksinadan so‘ng, u Uelsga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, 83 yoshli Hopkins «Oskar»ni qo‘lga kiritgan eng keksa aktyorga aylandi. Taqdirlash marosimida uning nomidan mukofotni Xoakin Feniks qabul qilib oldi.

Eng yaxshi erkak roli uchun, shuningdek, Chedvik Bouzman («Ma Reyni: Blyuz onasi»), Riz Ahmed («Metall tovushi»), Gari Oldman («Mank») va Stiven Yang («Minari») da’vogarlik qilgan.

Keyinroq Entoni Instagram’dagi sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, g‘olib bo‘lishini kutmaganini ma’lum qildi.
«Akedemiyadan cheksiz minnatdorman. Shuningdek, bizni juda erta tark etgan Chedvik Bouzmanning xotirasiga hurmat bajo keltiraman», — deydi aktyor.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktabrida Nobel qo‘mitasi iqtisodiyot bo‘yicha mukofot sovrindori bilan bog‘lana olmagan edi. Shu sababli uni yarim tunda mukofotning boshqa sohibi uyiga kelib uyg‘otishga majbur bo‘lgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 131
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Bo‘limlar