“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 06:55
ЎЗO‘Z

«Ularni ko‘rib, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman» – Nasiba Abdullayeva

27 apr, 15:30 3 997 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ularni ko‘rib, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman» – Nasiba Abdullayeva
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Botir Zokirov san’ati davomchilari» respublika ko‘rik-tanlovining 25 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimidan so‘ng jurnalistlarga intervyu bergan O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ustozi Botir Zokirov bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdi.

«Eshikni ochib, meni kuzatayotgan ekan»
— 1980 yil O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari o‘tkazildi. O‘sha paytda 18 yoshda edim, Samarqand filarmoniyasida ishlardim. Meni Ozarbayjondan kelgan orkestr bilan qo‘shiq ijro etish uchun Toshkentga taklif etishdi.
Konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtimizda, xonaning eshigi qiya ochilgan holatda kimdir meni eshitayotganini his qildim.
Darrov o‘sha tomonga ko‘z yugurtirib, eshik oldida turgan odamni tanigach, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman rosti. Sababi buyuk san’atkor Botir Zokirov eshikni ochib, meni tinglab, kuzatayotgan ekan. Oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, ularning o‘sha ko‘z qarashi, o‘sha ko‘zlardagi ma’no va iliqlik haligacha yodimda.

«U qizcha uzoqqa boradi»
— Repetitsiya tugaganidan so‘ng biz foyeda ko‘rishib qoldik. O‘shanda ular «Tog‘ bulog‘idek toza ovozing bor ekan, ovozingni asragin. Eng muhimi, yoshgina qizcha ekansan, hozirgi ma’sumiyatingni, kamtarligingni va san’atga muhabbatingni asragin», degan edi. Botir akamning bu so‘zlari har doim quloqlarim ostida jaranglaydi.
Keyinchalik Botir akam ukasi Farruh akamga «Agar hech kim xalaqit bermasa, o‘zini ustida ishlashini tashlab qo‘ymasa, u qizcha san’at olamida uzoqqa boradi. O‘sha kunlarni men ko‘rarmikinman?», degan ekan.

Foto: myday.uz
«Ularda san’atga fidoyilik kuchli edi»
— Botir akamning eng oxirgi marta sahnaga chiqishlarida ham birga bo‘lganmiz. 1984 yili O‘zbekiston SSSRning 60 yilligi nishonlanadigan juda katta davlat bayrami tashkil etildi. Aynan shu bayram bilan «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi ochilgan va u yerda o‘tkazilgan birinchi konsert o‘sha dastur bo‘lgan.
O‘sha paytda Botir akam juda qattiq kasal bo‘lgan. Ularda san’atga fidoyilik va mas’uliyat  shu darajada kuchli ediki, shifokorlar nazoratida reanimatsiya bo‘limidan konsertga tayyorgarlik mashg‘ulotlariga kelib-ketib yurgan. O‘sha konsertdan keyin bir oyga ham bormay, Botir akamni yo‘qotdik.

Foto: sputniknews-uz.com
«Muhabbatiga sazovor bo‘lganman»
— Men erishgan yutuqlarim uchun emas, shunday insonni ham nasihatini, ham suhbatlarini olganim, ham qaysidir ma’noda muhabbatiga sazovor bo‘lganim uchun o‘zimni baxtiyor va omadli deb hisoblayman. Botir akamdan nafaqat san’at sirlarini, balki odamiylik bilan bog‘liq ko‘p narsalarni ham o‘rgandim.

«Boshqa bir dunyoni kashf etishadi»
— Bugungi yoshlar Botir akamning qo‘shiqlarini ijro etishdan avval faqat so‘zlari, musiqalarini emas, ularning shaxsiyatini ham o‘rganishlarini xohlardim. Agar shaxsiyatini o‘rganishga qunt qilishsa, o‘zlari uchun boshqa bir dunyoni kashf etishadi. Ustozimning joylari jannatda bo‘lsin!
«Daryo» muxbiri Mirolim ISAJONOV yozib oldi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 145
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 227
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 91
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 89
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 47
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 45
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 124
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 76
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 121
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 130
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 66
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 33
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 125
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 215
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 69
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 73
  • Bo‘limlar