“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:37
ЎЗO‘Z

«Dunyo xaloskori» soxta ekan

17 apr, 12:53 4 003 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Dunyo xaloskori» soxta ekan
Tarixda eng qimmat sotilgan rasm «Dunyo xaloskori» — soxta ekan, bu haqda 450 million dollarlik asar haqida olingan hujjatli filmda ta’kidlanadi.

Fransiya televideniyesida rejissyor Antuan Vitkinning «Xaloskor sotuvda» hujjatli filmi premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda nima uchun Leonardo da Vinchining ushbu asari 2019 yili Luvrdagi blokbaster-ko‘rgazmada namoyish etilmagani sabablari ochilgan.

Film mualliflariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni talablariga qaramay, Luvr «Dunyo xaloskori»ni Da Vinchining asl asarlari ko‘rgazmasiga qo‘ymagan. Muzey ekspertlari o‘z ilmiy tekshiruvlaridan so‘ng Da Vinchi shunchaki mualliflardan biri bo‘lgan, degan xulosaga kelishgan va Saudiya voris shahzodasiga shuni ma’lum qilishgan. Ammo shahzoda «Dunyo xaloskori» xuddi «Mona Liza» singari Leonardo da Vinchining yuz foizlik ishi sifatida namoyish etilishi kerakligini talab qilgan.

Muhammad bin Salmon ushbu asarni sotib olishga juda katta pul sarflagan — $450 mln. U 2019 yili buyuk rassom vafotining 500 yilligi munosabati bilan Luvrda tashkil etilayotgan ko‘rgazmaga o‘z ixtiyoridagi asarni berib turish xohishini bildiradi. Film mualliflariga ko‘ra, muzey ekspertlarining tekshiruv natijalaridan qoniqmagan shahzoda chuv tushgani oshkor bo‘lmasligi uchun Luvr mutasaddilarini yolg‘on ishlatishga uringan.

Dunyodagi eng qimmat rasm bir necha yillar shahzodaning Qizil dengizda suzib yurgan yaxtasida qo‘nim topdi, keyin esa ko‘zdan yo‘qoldi.
«Dunyo xaloskori» hajman uncha katta bo‘lmagan asar — balandligi 65 santimetr. Tarixi qiziq. Uni san’at asarlari bilan savdo qiluvchi amerikalik topib olgan.

Karl I kolleksiyasiga mansub asar 18-asr o‘rtalarida yo‘qolib qolgandi. Keyin, 20-asr boshlarida angliyalik sanoatchi qo‘liga borib tushdi. 1958 yili egasi yana o‘zgarib, Yangi Orlean (AQSH)dagi xususiy uy zinasi yoniga osib qo‘yildi. Asarni ming dollardan sal ziyodroqqa sotib olib, ta’mirlab, Leonardo da Vinchining noma’lum shoh asari sifatida qayta pullashga urinib ko‘rishgan. London Milliy galereyasi ekspertlari baholashga rozilik bermagunicha, hech kim ishonmagandi. Besh kishidan faqat bittasi bu asarni shaxsan Da Vinchining o‘zi chizgan, deb xulosa bergan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 109
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 207
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar