“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etdi

16 apr, 13:56 5 093 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etdi
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 16 aprel, juma kuni 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani aytilmoqda. Ushbu ma’lumot hozircha vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangani va rad etilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Mirza Azizov 1963 yil 22 mayda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 2016 yildan bugungi kunga qadar Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 1999 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlariga sazovor bo‘lgan.

2019 yil adabiyot va san’at yo‘nalishi bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasida ta’sis etilgan Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi «Oltin medal» mukofotiga loyiq ko‘rilgan. 2017 yildan beri Qirg‘iziston teatr arboblari uyushmasining teatr san’ati badiiy akademiyasining akademigi etib ham saylangan edi. U rejissyor sifatida «Jaydari kelin», «Dildagi dog‘», «Sarvqomat dilbarim» kabi o‘nlab spektakllarni sahnalashtirgan.

Mirza Azizov o‘zbek tomoshabinlariga «Tubanlik», «Gumrohlar», «Na malakman, na farishta», «Alpomishning qaytishi», «Shohnoma» kabi ko‘plab film hamda spektakllardagi rollari orqali tanilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 184
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 172
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar