“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:58
ЎЗO‘Z

Davron Kabulov «Millionavirus» konsertida katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi

29 mar, 19:46 3 312 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davron Kabulov «Millionavirus» konsertida katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi «Million» jamoasi sardori Davron Kabulov jamoaning oxirgi «Millionavirus» deb nomlangan konsert dasturidagi katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi.

- "Ko‘pchilik bilmaydigan bir ma’lumotni ochiq aytib o‘tmoqchiman. «Million» jamoasining yangi dasturida bizning katta va eng ishongan sahna ko‘rinishimiz badiiy kengash tomonidan olib tashlandi. Ular «hozirgi vaziyatda bu narsani sahnada qo‘ymaganimiz ma’qulroq», degan to‘xtamga kelishdi.

To‘g‘risi, shu chiqishimizdan rosa umid qilgandik. Bu sahna ko‘rinishini o‘zimiz ham, Mirkomil akam, Alisher ham mazza qilib ijro qilishayotgandi. Qariyb yarim soatlik chiqishimiz olib tashlandi. Bizni xursand qilgan holat, katta chiqishimiz olib tashlangan holda ham tomoshabinlar bizni juda yaxshi kutib oldi. «Bu konsertingiz zo‘r chiqibdi, boshqacha bo‘libdi», deyishganida jamoadagilar bir-biriga qarab, «agar ishongan nomerimiz qo‘yilganida nima bo‘lardi», deb qo‘ydik.

Muxlislarni sog‘ingan edik. Balki shu sababdan hech kim hech narsadan shikoyat qilmasdan, mazza qilib rollarini o‘ynadi
", - dedi «Million» jamoasi sardori, shoumen Davron Kabulov.

Ma’lumot uchun, «Million» jamoasining «Millionavirus» deb nomlangan konsert dasturi «Xalqlar do‘stligi» saroyida 2021 yilning 20—28 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar