“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:21
ЎЗO‘Z

Sanjay Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini uning ruxsatisiz kuylagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi

28 mar, 18:38 3 012 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sanjay Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini uning ruxsatisiz kuylagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi Foto: «Uz.lyricsus.com»
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sanjay taxallusi bilan ijod qilayotgan Djavberdiyev Sanjar O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlari matnini huquq egalarining ruxsatisiz o‘zgartirgan holda ijro etgani sababli Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga chaqirtirilgani haqidagi video yozuvlar tarqalgan edi.

Sababi, Intellektual mulk agentligi Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotning murojaati asosida S.Djavberdiyev tomonidan she’r muallifi U.Azimov hamda O‘zbekiston halq artisti Sh.Jo‘rayev ijrosidagi «Karvon» nomli qo‘shig‘ini va she’rini asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etilgan holatlarni aniqlagan hamda Sanjayga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga kiritilgan.

Va, nihoyat, 2021 yil 9 mart kuni Navoiy viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan xonanda Sanjar Djavberdiyev (Sanjay)ga nisbatan O‘zR MJtK 177-(1)-moddasi birinchi qismi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (669 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi, deya xabar berdi Intellektual mulk agentligi.

«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunning 62-moddasiga asosan mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.

Qonunning tegishli moddalarida muallif huquqlari aniq keltirilgan. Xususan, ijrochilar o‘z huquqlarini ijro etiladigan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida «cover» ijro tushunchasi kiritilmagan. Xorijiy davlatlarda «cover» ijro mavjud. Bu bo‘yicha taraflar shartnoma asosida faoliyat yuritishadi. Ya’ni o‘zganing asarini cover sifatida ijro qilmoqchi bo‘lgan ijrochi muallifdan ruxsat so‘ragan holda shartnoma tuzishi hamda shartnoma bo‘yicha huquq egasiga mualliflik haqini to‘lashi lozim, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar