“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:07
ЎЗO‘Z

Neslihan Atagul, Fahriye Evjen va boshqa turk aktrisalarining onalari (foto)

14 mar, 16:28 5 264 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Neslihan Atagul, Fahriye Evjen va boshqa turk aktrisalarining onalari (foto) Nafaqat turk, balki butun dunyo muxlislarining mehriga sazovor bo‘lgan go‘zal turk aktrisalarining muvaffaqiyatga erishishida onalarining ko‘magi katta. Quyida ba’zi turk aktrisalarining onalari bilan birga tushgan fotolarini tomosha qilishingiz mumkin.

Alize Gordum va Vahide Perchin

Foto: Turk Cinema
Vahida Perchin «Ona» filmidan tashqari «Muhtasham yuz yil» serialida ham qizi bilan birga suratga tushib ulgurgan. Alize hali karera borasida yetarlicha mashhurlikka erishmagan, onasi esa tajriba va muvaffaqiyat borasida unga namuna bo‘la oladi.

Neslihan Atagul va Perihan Chitlak

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisa belarus millatiga mansub onasiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. Ularning suratiga nazar tashlab, o‘ziga xos latofat va go‘zal husn Neslihanga onasidan o‘tgan, degan xulosaga kelish mumkin.

Fahriye va Hatime Evjen
[media=https://www.instagram.com/p/BUFG1eMFrON/?utm_source=ig_embed]
Fahriye onasining yoshligiga juda ham o‘xshaydi, ammo u onasining yoshligidan ko‘ra hozirgi davrini Instagram sahifasiga muhrlashni afzal biladi. Onasini qattiq hurmat qiladigan aktrisa uning suratini foydalanuvchilari bilan bo‘lishishni kanda qilmaydi.

Demet O‘zdemir va Ayshen Shener

Foto: «Yandeks Dzen»
«Tong qushi» seriali yulduzi muxlislaridan oila a’zolarini yashirmaydi va Instagram sahifasida u bilan tushgan suratlarni joylab turadi. Boshqalardan farqli ravishda Demet va onasining tashqi ko‘rinishida umumiyliklarni topish qiyin.

Tuba va Xandan Buyukustun

Foto: «Yandeks Dzen»
Xandan qizidagi san’atga bo‘lgan qiziqish va iste’dodni juda ham erta payqagan. Maktab yillarida Tuba raqs va rasm chizish to‘garagiga qatnagan. Uning Turkiyaning eng mashhur aktrisalaridan biri bo‘lishida onasining hissasi katta.
Neslihan Atagul, Fahriye Evjen




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 171
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 172
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar