“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 21:41
ЎЗO‘Z

Priyanka Chopra muvaffaqiyatga erishish yo‘li va bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida memuar kitob yozdi

13 fev, 15:03 2 225 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Priyanka Chopra muvaffaqiyatga erishish yo‘li va bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida memuar kitob yozdi Foto: The Indian Express
Ayshvariya Ray bilan bir qatorda Priyanka Chopra ham Gollivudda muvaffaqiyatga erishgan kam sonli hind aktrisalaridan biridir. 38 yoshli aktrisa The One Show teleshousida kinosanoatning go‘zallik standartlari va hindistonlik bo‘lgani uchun mashhur loyihalarda asosiy rollarni olishi qiyin bo‘lgani haqida gapirib berdi.

«Amerikaga ko‘chib kelganimning dastlabki yillarida musiqa bilan shug‘ullanganman va hatto bir nechta plastinkalar chiqarishga ham muvaffaq bo‘lgandim, ammo tez orada aktrisalik faoliyati bilan shug‘ullanishni istashimni angladim, — deb eslaydi Priyanka. — Men Gollivud filmlarida o‘zim uchun qiziqarli bo‘lgan rollarni izlay boshladim, lekin tez orada tushunib yetdimki, hech kim bosh rolni hind aktrisasiga berishni xohlamas ekan».

Foto:The Indian Express
«Mustaqil janrdagi yoki jangari filmlarni nazarda tutmayapman, mashhur Gollivud filmlari va teleshoular haqida gapiryapman. Bu menga g‘alati tuyulardi, lekin shu bilan birga o‘zimga nisbatan boshqacha munosabatda bo‘lishim kerakligini angladim, — deydi Chopra. — Chunki men muvaffaqiyat qozonishimga chin dildan ishonardim».

Priyanka haq bo‘lib chiqdi: 2015 yilda u Quantico serialida bosh rolni o‘ynadi va Amerika teleshoularida ishtirok etgan birinchi hind aktrisasi bo‘ldi. «Hechdan ko‘ra kech yaxshi, lekin baribir ko‘ngilochar sohaga xilma-xillik kerak», — deydi aktrisa.

Quantico serialida rol o‘ynagan Priyanka Chopra
Foto: Glamour

Priyanka karerasining dastlabki vaqtlarida Gollivud prodyuseri unga bir qator jarrohlik operatsiyalarini, jumladan, jag‘ini to‘g‘rilatishni maslahat berganini eslaydi: «U menga agar aktrisa bo‘lishni xohlasam, qomatimni to‘g‘rilatishim kerakligini aytdi va qandaydir plastik jarrohning telefon raqamini berdi. Men bu gaplarni eshitib, dahshatga tushdim. O‘zimni baxtsiz va nochor his qildim, o‘zimdan orzum uchun bunday munosabatlarga chidashga tayyormanmi, deb so‘radim».

Foto: Glamour
Priyanka muvaffaqiyatga erishish yo‘li va bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida «Tugallanmagan» nomli esdalik kitobida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Ta’kidlanishicha, mazkur kitob 2021 yilning 9 fevral kuni Amerikada nashrdan chiqqan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 143
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 227
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 91
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 89
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 0
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 0
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 1
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Bo‘limlar