“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:29
ЎЗO‘Z

Priyanka Chopra Nik Jonas bilan kutilmagan unashtiruvi haqida so‘zlab berdi

05 fev, 15:13 3 437 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Priyanka Chopra Nik Jonas bilan kutilmagan unashtiruvi haqida so‘zlab berdi Foto: Bollywoodtime
Bollivud yulduzi Priyanka Chopra bir necha yil oldin Hindistondagi aktrisalik karerasini Amerikada davom ettirishdan qo‘rqmadi. Uning intilishlari muvaffaqiyatli tarzda kechdi. Natijada Priyanka dunyo miqyosida shuhrat qozondi, bir necha filmlarda rol ijro etdi va mashhur musiqiy guruh a’zosi – Nik Jonas bilan turmush qurdi. Bir necha kun davom etgan juftlikning shov-shuvli to‘yidan so‘ng ularni bilmaydigan insonlar ham tanib oldi. Endi esa Britaniyaning Elle jurnali yuziga aylangan aktrisa suhbat chog‘ida juda qiziq ma’lumotlar bilan ham bo‘lishdi.

Kutilmagan unashtiruv
Men bunday taklifni kutmagan edim… Sababi uchrashganimizga ikki oygina bo‘lgan edi. Bir kun kelib shunday bo‘lishini bilsam-da, umuman, hayratda qolgandim. Natijada ushbu vaziyatni o‘z nazoratim va ishonchimdan xalos etishga qaror qildim. Shundan keyin ikki yil davomida uchrashib turdik. Vaqti-vaqti bilan yozishmalardan keyin jiddiyroq bo‘lishni xohladim.

Foto: Hello!
O‘sha paytda barcha bilan o‘rnatilgan munosabatlarimda tanaffus qilgandim. Hech kim bilan alohida tuyg‘ularga berilishni istamas edim. Ammo Nikka nisbatan qandaydir o‘zgacha narsani his etardim va shu sababdan qayerda bo‘lsak ham aloqada bo‘lib turardik. Turmush o‘rtog‘imning o‘ziga xos xususiyatidan biri – qat’iylik! U nimani istasa, shunga erishadi. Agar u biror narsaga amin bo‘ldimi, demak, u aniq bo‘lib chiqadi.

Tatuirovka

Foto: «instyle.ru»
Nikoh qurganimizda Nik menga uning barcha fikrlariga yaqin ekanimni aytgan. Shuning uchun nikohimizning bir yilligi munosabati bilan tatuirovka tushirishga qaror qildik: mening qulog‘im va uning qo‘lida.

Masofaviy munosabatlar

Foto: «spletnik.ru»
Biz uch haftada bir ko‘rishamiz. Qayerda bo‘lmaylik, bir oyda ikki kunga bir-birimizning oldimizga uchib boramiz. Bu to‘ydan keyin bizning odatimizga aylandi. Bo‘lmasa, ko‘rishishning imkoni bo‘lmaydi.

Foto: «satrslife.ru»
Hamkasblarimiz ham oila qurgan va ular bu masalada quyidagicha so‘zlashadi: «U ertaga band bo‘ladi», «Biz bunday qila olmaymiz», «Bo‘sh bo‘lgan kunimizda», «Buni o‘zgartirishimiz kerak» — bu shunchaki er-xotinlarning suhbati.

Ikki yillik nikoh

Foto: «passion.ru»
Albatta, oradan kam vaqt o‘tmadi, ammo buning barchasi bir lahzani tashkil etadi. Bu juda g‘alati… Menda shunday his borki, u bilan uchrashmasimdan avval hayot qanday bo‘lganini hatto eslolmayman ham.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 45
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 586
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 347
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 495
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar