“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 08:20
ЎЗO‘Z

Yulduz, Ozoda va boshqa mashhur xonandalarning Toshkentdagi «birrov»lari narxi qancha?

11 yanv, 15:18 6 172 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yulduz, Ozoda va boshqa mashhur xonandalarning Toshkentdagi «birrov»lari narxi qancha? O‘zbek qo‘shiqchilari bitta xizmatdan qancha haq olishlari ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak. Jurnalist Nargiza Murodova taniqli san’atkorlar poytaxtdagi «birrov»larga qanchaga borishi bilan qiziqdi.

Yulduz Usmonova

Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova
O‘zbek estradasining primadonnasi poytaxtdagi «birrov»larga 2000 AQSH dollaridan kamiga bormaydi. Bu haq evaziga 6 ta qo‘shiqni ijro etib, to‘y egalarining kayfiyatini ko‘taradi.

Ozoda Nursaidova

Foto: Instagram / @ozodaofficial
U poytaxtdagi to‘ylarda ko‘p ko‘rinmaydi. Uni ko‘proq qo‘shni respublikalar va viloyatlarga taklif etishadi. Poytaxtdagi «birrov» 1000 AQSH dollarini tashkil etsa, chekka viloyatdagi xizmat haqi bundan ham qimmatroq.

Munisa Rizayeva

Foto: Instagram / @munisarizaeva
Toshkent shahrida to‘ylarda faollikni qo‘ldan boy bermaydigan Munisa Rizayeva «birrov»ga 800 AQSH dollaridan kamiga kirmaydi. Bir kunda kamida 2 ta xizmati bo‘lgani uchun to‘rtta qo‘shiqni ijro etish bilan kifoyalanadi.

Ulug‘bek Rahmatullayev

Fato: Instagram / @ulugbekrahmatullaev
Uning «birrov» narxi ham Munisa Rizayevaning gonorari bilan bir xil. U ham 800 AQSH dollari evaziga tashrif buyuradi. Faqat to‘yxonadagi muxlislar talabi bilan qo‘shiq sonini bir nechtaga ko‘paytirishi mumkin.

Rayhon G‘aniyeva

Foto: Instagram / @rayhonganiyeva
Rayhon G‘aniyeva esa poytaxtdagi «birrov»larga 700 AQSH dollari evaziga tashrif buyuradi. Repertuaridagi beshta eng xit qo‘shig‘ini ijro etadi.

Mavluda Asalxo‘jayeva

Foto: Instagram / @mavludauz
Ustoz san’atkor Mavluda Asalxo‘jayeva to‘y xizmatlari borasida yoshlardan ortda qolmaydi. Uning poytaxtdagi «birrov»larga 600 AQSH dollariga tashrif buyuradi va ulardan farqli o‘laroq davrani 8 ta qo‘shiqni ijro etmay tark etmaydi.

Alisher Fayz

Foto:Instagram / @alisherfayz_insta
Alisher Fayz ham «birrov»larga 600 AQSH dollariga tashrif buyuradi hamda 5-6 ta qo‘shiq ijro etadi.

Shohruhhon

Foto: Instagram / @_shohruhhon_
Shohruhxon poytaxt to‘ylarining qiroli hisoblanadi. Talabgirlik borasida unga havas qilish mumkin. U 600 AQSH dollari evaziga beshta qo‘shiq ijro etadi.

Shohjahon Jo‘rayev

Foto:Instagram / @shohjahon_djurayev
U poytaxt to‘ylariga 600-650 AQSH dollari evaziga tashrif buyuradi. Kamida beshta qo‘shiqni ijro etmay, to‘yxonani tark etmaydi.

Sevinch Mo‘minova

Foto: Instagram / @sevinchofficial
Sevinch Mo‘minovani deyarli poytaxt to‘ylarida uchratmaysiz. U viloyatdagi xizmatlarda ancha faolroq. Poytaxtdan «birrov» chiqsa rad etmaydi va 500 AQSH dollari evaziga 4-5 ta qo‘shiqni ijro etadi.

Nilufar Usmonova

Foto: Instagram / @nilufarusmonova
Nilufar Usmonova esa 500 AQSH dollari evaziga 5 ta qo‘shiq ijro etadi. Bu har bir qo‘shiq 100 AQSH dollari degani.

Ziyoda

Foto: Instagram / @ziyodamusic
Uning gonorari Nilufar Usmonova bilan bir xil. Uning ham «birrov»lari 500 AQSH dollari. Faqat qo‘shiqlar soni borasida muxlislar talabini inobatga oladi.

Zohirshoh Jo‘rayev

Foto: Instagram / @zohirshohofficial
Jo‘rayevalar sulolasining kenja vakili Zohirshoh Jo‘rayev poytaxtdagi «birrov»larga 400 AQSH dollariga tashrif buyuradi.

Foto: Instagram / @niyozova_dildorahon
Dildora Niyozovaning gonorar haqqi ham shunday.

Malika Ravshanova

Foto: Instagram / @malika_ravshanova
Darvoqe, keyingi vaqtlarda Instagram’da xonanda Malika Ravshanovaning tavallud ayyomlardagi ishtiroki aks etgan videolarni ko‘p uchratayapmiz. Xo‘sh, xonanda bunday «yangicha» marosimlarga qancha haq evaziga boradi? Bu savolga xonandaning ma’muri 250 AQSH dollari deb javob berdi.

Izoh: Xonandalar to‘ylardan oladigan pulining bir qismini prodyuserlik firmasi yoki ma’mur oladi. Xizmat haqqida sozandalar va DJning ham ulushi bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 133
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 225
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 147
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 170
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 72
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 114
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 100
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 39
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 79
  • Bo‘limlar