“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:58
ЎЗO‘Z

Baqiroq qaynona — Gulnora Tolipova 50 ming so‘m uchun Lolaning uyini tozalaganini aytdi

07 yanv, 19:00 12 327 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baqiroq qaynona — Gulnora Tolipova 50 ming so‘m uchun Lolaning uyini tozalaganini aytdi Foto: Instagram / @guli_888888888
Gulnora Tolipova «Jurnalist», «Sevgi» va «Shukrona» kabi seriallardagi baqiroq, injiq qaynona obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Aktrisa jurnalist Nargiza Murodova bilan suhbatda murakkab hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

«Pulimiz yo‘q, san’atkor bo‘la olmaysan»
— Toshkentdagi besh bolali xizmatchi oilasida dunyoga kelganman. Otam oddiy quruvchi, onam esa zavodda ishchi edi. Bolaligimdan san’atga qiziqqanim bois, 4 yoshimdan Shermat Yormatov rahbarligidagi «Bulbulcha» bolalar xoriga qatnashganman. To‘qqiz yoshimda tushimga O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyeva kirib, meni duo qilgandi. Afsuski, maktabni tamomlaganimdan keyin orzularim sarob ekanini angladim. Oilamizdagi moddiy qiyinchiliklar sabab, onam o‘qishni davom ettirolmasligimni tushuntirdi va bolalar bog‘chasiga ishga joylashdim.

«O‘zimni o‘ldirishga uringanman»
— 16 yoshimda xolamning qistovi bilan Sirdaryoga turmushga chiqdim. Bola bo‘lganim uchun ham katta hayotga moslashib ketishim oson kechmadi. Turmush o‘rtog‘imning yaqinlari bilan til topishib ketdim, ammo u bilan kelisholmadik. Besh yil ichida bir ayol qancha xo‘rlanishi mumkin bo‘lsa, shuncha azobni boshimdan o‘tkazdim. Uning asossiz rashki sabab ko‘p marotaba kaltaklandim, haqoratlandim. Ammo bir kuni uning rus ayol bilan don olishishidan xabar topib, o‘z jonimga qasd qildim. Tomirimni kesgach, shifokorlar ko‘magida oyoqqa turdim. Shundan so‘ng o‘g‘limni olib Toshkentga qaytishga qaror qildim. Ammo bu yerda qiyinchiliklar undan oz emasdi.

Foto: Instagram / @guli_888888888
«Militsiyachilar tog‘oradagi ovqatimni yerga to‘kib tashlaganini unuta olmayman»
— O‘g‘lim Shohruhni boqish va uy olish uchun qilmagan ishim qolmadi. Bozorda ovqat sotgan, bekatda pista-qurt bilan savdo qilgan kunlarim ham bo‘ldi. Hatto, bir necha yillar avval 50 ming so‘m evaziga xonanda Lola Yo‘ldoshevaning uyini tozalash uchun borganimni eslayman. Bozordagi noqonuniy savdo uchun militsiya xodimlaridan qochganim, hatto bir marta jazolash uchun tog‘oralardagi ovqatni yerga to‘kib yuborishganini ham unutolmayman. Xullas, shu kabi qiyinchiliklar yuvosh Gulnoraning fe’l-atvorini butunlay o‘zgartirdi.

Foto: Instagram / @guli_888888888
«Baqiroq ayollar rolidan charchadim»
— Yaqin yillardan boshlab ikkinchi darajadagi rollarga taklif bo‘lmoqda. Undan avval faqat epizod rollarni ijro etardim. Tan olaman, aktrisalik bo‘yicha hech qayerda tahsil olmaganman, ammo san’atga mehrim bo‘lakcha. Faqat urishqoq ayol rollarini emas, mard, tanti va sabrli o‘zbek ayollari siymosini ekranda gavdalantirishni istayman. Rostini aytsam, baqiroq ayollar rolini ijro etishdan charchaganman. Rejissyorlar meni qaytadan kashf etishlarini orzu qilaman.

Muvaffaqiyatsiz turmushimdan so‘ng oila qurmadim. Hayotimni o‘g‘limga bag‘ishladim. Uy va mashina olib, uni uylantirdim. Shukrki, kelinim va ikki nafar nabiram bor.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Tolipova ilk rolini rejissyor Burhon Sharopovning «Mug‘ombir kuyov» filmida ijro etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 200
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 80
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar