“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:03
ЎЗO‘Z

Turkiyaning eng taniqli aktyorlaridan biri – Burak O‘zchivit qanday uyda yashaydi? (video)

26 dek, 20:48 4 704 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyaning eng taniqli aktyorlaridan biri – Burak O‘zchivit qanday uyda yashaydi? (video) Foto: Star hit
Aktyor Burak O‘zchivit va uning rafiqasi aktrisa Fahriye Evjen bir necha yildan buyon 4 qavatli qasrda yashaydi. U yerda oila uchun kerak bo‘lgan barcha sharoitlar mavjud.

Yulduzli juftlikning yashash makoni juda ko‘pchilikka qiziq bo‘lgani uchun ham ular bu borada ko‘p narsani sir saqlaydi. Ammo shunisi ma’lumki, uy to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, yam-yashil bog‘ va suzish havzasiga ega.

Shuningdek, uyning oldidagi maysazor oilaning sevimli dam olish joyiga aylangan. Aynan shu yerda aktyor va aktrisaning tushgan bir qancha suratini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari derazalari bo‘lgan ulkan panoramali terrasa mavjud bo‘lib, u yerda uy egalari hordiq chiqaradi.

Foto: Star hit
Aytgancha, uyda xizmatkorlar yo‘q. Ular faqatgina vaqti-vaqti bilan tozalash ishlarini amalga oshirovchi maxsus kompaniya xodimlariga murojaat qiladi. «Fahriye uy ishlarini o‘zi bajarishni yoqtiradi. U tozalikni yaxshi ko‘radigan haqiqiy uy bekasi. Ayniqsa, uning qo‘li shirin, ajoyib oshpaz. Ish jarayonida tushlikda turmush o‘rtog‘im tayyorlagan ovqatdan iste’mol qilaman. U suratga olish maydonchasiga men uchun tayyorlagan ovqatlarni olib keladi», − deydi O‘zchivit.

Foto: Star hit
Bundan tashqari uning turmush o‘rtog‘i uy uchun mebellarni ham hech qanday dizaynerlar yordamisiz o‘zi tanlagan. Uy ichi yorqin rangga bo‘yalgan. Devorlar ham shunday ko‘rinishda, deyarli, rasmlar ilinmagan. Birinchi qavatda ajoyib ko‘rinishga ega qizil rangdagi divanni uchratish mumkin.

Foto: Star hit
Uy bezaklarida ko‘proq yog‘och va marmar kabi tabiiy materiallardan foydalanilgan.

Foto: Star hit
Juftlik g‘ayrioddiy buyumlarga juda ham qiziqadi. Dunyoning turli burchaklaridan olib kelingan elementlarni aynan shu uydan topish mumkin. Shuningdek, ikkisi ham hayvon haykalchalarini to‘plashga juda qiziqadi.

Foto: Star hit
Yulduzli oilaning turargohi Istanbulning eng yaxshi burchaklaridan birida − balandlikda joylashgan bo‘lib, u yerdan shaharning ajoyib manzarasini tomosha qilish mumkin.

Foto: Star hit




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 131
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar