“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:45
ЎЗO‘Z

Burak O‘zchivit va O‘zge Torer: Ularning munosabati ishdagi ishqmi yoki mish-mish?

05 dek, 14:14 5 884 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Burak O‘zchivit va O‘zge Torer: Ularning munosabati ishdagi ishqmi yoki mish-mish? «Qurilish: Usmon» serialini tomosha qilayotgan turk kinosi muxlislari bosh qahramon rolini ijro qilayotgan aktrisa O‘zge Torer Burak O‘zchivitni sevib qolgan va tuyg‘ularini yashirishni uddasidan chiqa olmayapti, degan fikrda. «Rus.Turkey.com»ning yozishicha tomoshabinlar aktyorlar o‘rtasida munosabatlar borligi haqida gumon qilmoqda.

Foto: Milliyet
Avvaliga bu kabi shubhalar O‘zgening Instagram sahifasiga yozib qoldirilgan, aktrisa esa bunga javoban izoh qoldirgan foydalanuvchilarni qora ro‘yxatga kiritgan. Keyinroq tomoshabinlar turli forum va Facebook’da Torerning aktyorni yoqtirib qolganini muhokama qila boshlagan.

Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, deb o‘ylagan tomoshabinlar bunday mish-mishlarga aktrisaning suratga olish maydonchasida Burak bilan birga tushgan suratlarini, ayniqsa, sevishganlar rolini gavdalantirayotgan payti aks etgan kadrlarni ko‘p joylashi sabab deb hisoblagan.

Foto: Milliyet

Foto: Milliyet
«Uning aktyorga muhabbat ko‘zi bilan qarashi o‘yin bo‘lishi mumkin emas», − deb yozib qoldirgan muxlislardan biri O‘zgening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Uning hamkasblari esa mazkur mavzuga izoh bermaslikka harakat qilgan, berganda ham hazil aralash O‘zchivitni sevib qolmaslik mumkin emasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, tinib-tinchimagan muxlislar ijtimoiy tarmoqda Fahrie va O‘zgeni taqqoslab ular o‘rtasida umumiylik ko‘pligi sabab Torerni Burakka yoqadigan toifadagi qiz, degan xulosaga kelgan.

Bunday mish-mishlarga jim qarab turolmagan O‘zge tarqalgan gap-so‘zlarga munosabat bildirgan. U bunday taxminlarni o‘qish kulgili, shu bilan birga, quvonarli ekanini aytgan. «Demak, men yaxshi aktrisaman, sevib qolgan inson rolini yaxshi o‘xshata olayotganimdan xursandman. Burak juda ham yaxshi inson va aktyor. Biz juda ham yaxshi munosabatdamiz. Ammo mening tuyg‘ularim haqidagi mish-mishlar, shunchaki mish-mish», − degan aktrisa bularning barini roliga berilgan yuqori baho deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 109
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 207
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar