“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:42
ЎЗO‘Z

Gollivud aktrisalari murakkab rollariga qanday tayyorgarlik ko‘radi? (foto)

29 noya, 13:13 5 917 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gollivud aktrisalari murakkab rollariga qanday tayyorgarlik ko‘radi? (foto) San’at olamida o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Uning nozik va go‘zal ko‘ringan vakillari ba’zida qiyinchilik bilan rollarga tayyorlanishiga to‘g‘ri keladi.

Demi Mur

Foto: Getty Images
Aktrisa 1997 yilda suratga olingan «Askar Jeyn» roli uchun bir qo‘l bilan «otjimaniye» qila oladigan darajada tayyorgarlik qilgan. U bilan AQSH harbiy-dengiz kuchlarida faoliyat yuritadigan Stiven Xelvenston shug‘ullangan. Mur dublyor yordamidan foydalanishdan bosh tortgan. Demi qiyin tryuklarni bajarish uchun kaskadyor yordamidan foydalanishi mumkinligi, lekin bu bilan odamlar bu kabi tayyorgarliklarda nimalarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelishini his qilmasligini aytgan. Ammo Demi Murga birgina yuqori saviyali trenerning o‘zi kamlik qilgan va «Troya» filmi uchun Bred Pittni tayyorlagan, Tobi Maguayrni «O‘rgimchak odam»ga aylantirgan Gregori Juan-Roshe yordamidan ham foydalangan.

Enn Xeteeuey

Foto: Marie Claire
2012 yilda suratga olingan «Tahqirlanganlar» filmida suratga tushish uchun 11 kilo vazn tashlagan. Bu hali hammasi emas Kristofer Nolanning «Qora ritsar: Afsonaning qaytishi» filmida rol ijro qilish uchun aktrisa nafaqat ozishi, balki plastikasi ustida ishlashiga ham to‘g‘ri kelgan. Undagi mushuk-ayol roli uchun tikilgan libos juda ham tor va yopishib turadigan bo‘lgan, bunday kiyimda esa kamchiliklarga ko‘zga tashlanib qolishi mumkin edi. Cinema Blend’ga bergan intervyusida Enn trenerlar uni suratga oladigan maydonchada yordam beradigan «mushak xotirasi» shakllanadigan darajada tayyorlantirganini ma’lum qilgan. Shuningdek, u jang san’ati mashqlarini bajargan vaqtida kimnidir urib yuborish mumkinligi haqida o‘ylash va mashqlar osonmasligini ta’kidlagan. Trenerlarning ma’lum qilishicha, Enn uchun tuzilgan dasturga ko‘ra u deyarli veganlar parheziga amal qilgan. U dublyor qizlardan motivatsiya olgani va birga ishlash jarayonida qizlarning erkaklar bajaradigan qiyin tryuklarni bajarishi kishini ilhomlantirishini ta’kidlagan.

Zoi Saldana

Foto: Marie Claire
Jeyms Kemeronning «Avatar» filmida aktrisaning haqiqiy yuzi va tanasi ko‘rinmaganiga qaramay, boshqa sayyoralik malika Neytirining rolini ijro qilish uchun Zoi dahshatli darajada og‘ir trenirovka bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, u kamondan o‘q otish, jang san’ati va ot minishni o‘rganishiga to‘g‘ri kelgani yetmagandek, filmda qahramoni gaplashadigan na’vi tilini o‘zlashtirishiga to‘g‘ri kelgan. Ammo Zoi ushbu til bilan tanishish qiziqarli bo‘lganini bildirgan. Ushbu ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun 6 oy sarflagan, professional jangga tayyorlanish bilan esa umumiy 18 oy ketgan. Ammo bu o‘zlashtirgan ko‘nikmalari unga «Galaktika qo‘riqchilari» kinolentasidagi Gamora roliga yordam bergan. Zoini «Avatar»ning keyingi qismlarida ham ko‘rishimiz mumkin.

Alisiya Vikander

Foto: Marie Claire
Aktrisa 2018 yilda Lara Kroft rolini ijro qilish uchun ancha tayyorgarlik ko‘rishi, jismonan va ruhan qahramon roliga mos bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Shunga qadar nozik bo‘lgan aktrisa mazkur roldan keyin sportchilarga xos qomatga ega bo‘lgani, ammo bu unga oson bo‘lmaganini bildirgan. U Grem Nortonning shousida bunga qadar hayotida hech qachon bunday og‘irlikni ko‘tarishiga to‘g‘ri kelmaganini ma’lum qilgan. U to‘rt oy mobaynida zalda doimiy ravishda mashq qilgan, aralash jang san’ati va og‘ir atletika, boks, suzish bilan shug‘ullangan. Shundan keyin nozik qiz bir urishda raqiblarini ag‘daradigan darajadagi kuchli qahramonga aylangan. Trenirovka vaqtida aktrisaning mushaklari 6 kiloga ko‘paygan. Suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin Grem Nortonga bergan intervyusida u uch haftadan keyin, shug‘ullanishda erishgan natijasini yo‘qotganini aytgan. «Men hamisha shunday bo‘lib qolaman deb o‘ylagandim», — deya hazillashgan.

Emili Blant

Foto: Marie Claire
Ayrim aktrisalar «Boshqaruv byurosi» fantastik filmida professional raqqosa rolini ijro qilish mas’uliyatidan qochgan bo‘lishi mumkin, lekin Emili emas. U loyiha bilan tanishib chiqqanidan keyin darhol uni ijro qilishga rozilik bergan. U parhez tutishi mumkinligi, balerinalar tuflisini kiya olishini aytgan. Tayyorlanish uchun u 6 kun davomida 2 soatdan Nyu-Yorkdagi fitness studiyada shug‘ullangan. Sedar-leyk balet guruhida amaliyot o‘tagan. Qomati balerinalarnikiga o‘xshashi uchun baliq va mevali parhez qilgan. U yelkasi shishib ketgani, umurtqasi ichida ilon bordek tuyulganini bildirgan. Bunday tayyorgarlikdan keyin u 2014 yilda askar ayol rolini ijro qilishda qiynalmagan.

Linda Xemilton

Foto: Marie Claire
1984 yilda ekran yuzini ko‘rgan «Terminator» filmidagi ishlatilgan effektlar, aktyorlar mahorati, shuningdek, Linda Xemiltonning ijrosi muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Uning qo‘rqmas harbiy komandir qahramoni o‘z davrida feministlar uchun ramz bo‘lgan. Lindaning vazni 50 kilo bo‘lgan va unga biriktirilgan trener uning ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmagan. 13 oy davomida Linda og‘ir va kardio-trenirovka bilan shug‘ullangan. Qurol ishlatish va dzyudo ham uning shug‘ullanish dasturidan o‘rin olgan.

U harbiy operatsiyalarni amalga oshirishni, dushman qayerda ekanligini, harbiylar o‘lik yoki tiriklarni qanday qilib ajratishini o‘rganganini ma’lum qilgan. Aktrisa bu dahshatli darajada og‘ir bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Lindaning shuncha urinishiga qaramay, trenerning ko‘ngli to‘lmagan. «Trenerim men okeanda 20 kiloli og‘irlikdagi ryukzak bilan suzsam, ko‘ngli to‘lardi, lekin men o‘g‘limga kerak edim», — degan u. Ammo shuncha mashqlar besamar ketmagan — «Terminator 2: Qiyomat kuni» kinoprokatda birinchi qismdagidan 6 marta ko‘p mablag‘ yig‘gan, Linda gavdalantirgan qahramon esa tarixda qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 75
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar