“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

Yulduzli do‘stlik: Turk mashhurlari kim bilan do‘st tutingan? (foto)

29 noya, 12:02 6 469 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yulduzli do‘stlik: Turk mashhurlari kim bilan do‘st tutingan? (foto) Asosiy vaqtini suratga olish maydonchalarida o‘tkazadigan turk kinoijodkorlari yangi loyihalar ustida ishlash davomida nafaqat o‘z sevgisini topishi, balki boshqa bir ijodkor bilan qadrdon do‘st tutinishi ham mumkin. E’tiboringizga ana shunday suratga olish jarayonlarida tanishgan va shundan buyon yaqin aloqada bo‘lgan turk yulduzlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Xatiche Shendil va Berguzar Korel

Foto: «Yandeks Dzen»
Ko‘rinishidan ham bir-biriga o‘xshab ketadigan aktrisalarning do‘stligi yillar sinovidan o‘tgan. Xalit Ergenchning rafiqasi sifatida yaxshi tanish bo‘lgan Berguzar nafaqat aktrisalik mahorati, balki vokal borasida ham chakki emas. U Xatichening to‘yida bir necha qo‘shiq ijro qilgan hatto. Bir-birini hamisha qo‘llab-quvvatlaydigan aktrisalar hamisha yordamga shay. Xatiche Berguzar ijrosidagi «Vatanim sensan» eng yaxshi ko‘rgan seriali ekanini aytadi. Ammo ularning har hali hamon birgalikda roli ijro qilishga muvaffaq bo‘lmagan.

Nur Fettaho‘g‘lu va Asli Enver

Foto: Series Turkish
«Muhtasham yuz yil» yulduzi «Istanbullik kelin» serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Asli Enver bilan «Vavilon» serialining suratga olish jarayonida do‘st tutingan. Ular bir zumda til topishib, iliq munosabatlarga kirishib ketgan. Dugonalar yaqindagina birgalikda fotosessiyada ishtirok etishga ulgurdi. Taqdim qilingan suratlardagi aktrisalarning samimiy emotsiyalari muxlislarni ham befarq qoldirmagan.

Nurgul Yeshilchay va O‘zjan Deniz

Foto: «Yandeks Dzen»
Erkak va ayollar do‘st bo‘lishi mumkin emas, deb o‘ylaganlar fikrini xato ekanligiga mazkur juftlikning munosabatlari yaqqol misol bo‘la oladi. «Ishkomli uy» serialida sevishganlar rolini qoyillatib o‘ynagan O‘zjan va Nurgul 2016 yilda yana bir marta hamkorlikda ishlagan va «Ikkinchi imkon» filmida birgalikda rol ijro qilgan. Ularning suratga olish maydonchasidan tashqarida tushgan suratlari ham limmo-lim. Ular tez-tez ko‘rinib turishi va vaqtini maroqli o‘tkazishi mumkin.

Beren Saat va Esra Dermanjio‘g‘lu

Foto: «Yandeks Dzen»
Birgalikdagi suratlarini ko‘p uchratish mumkin bo‘lgan Beren va Esra «Aybsiz aybdor» va «Kosem» seriallarida birgalikda suratga tushgan. Ular birga bo‘lsa hech qachon zerikmaydi. Ikkovida ham birdek hazilkashlik borligi chiqishib ketganining sabablaridan biri.

Xande Erchel va Burji O‘zberk

Foto: «Yandeks Dzen»
Yosh, go‘zal va iste’dodli dugonalar bir-birini juda ham yaxshi ko‘radi. Ular «Gunesh qizlari» serialining suratga olish jarayonida tanishgan. Syujetga ko‘ra opa-singil bo‘lgan aktrisalar munosabatlari hayotga ham ta’sir qilgan va qalin dugona bo‘lgan. Ular birgalikda dam olish, xarid qilishni xush ko‘radi, doim birga bo‘lish uchun biri-biriga yaqin joydan uy olgan hatto. Muxlislar ularning bir loyihada birgalikda takror ishtirok etishini intiqlik bilan kutadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 72
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 41
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar