“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:51
ЎЗO‘Z

Qo‘shiqchi Sanjayning «ishi» sudga oshirildi

28 noya, 09:01 4 646 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘shiqchi Sanjayning «ishi» sudga oshirildi Qo‘shiqchi Sanjayga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Qayd etilishcha, Sanjay taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Djavberdiyev Sanjar «Gulbadan», «Atirgulim atringni soch», «Karvon» nomli qo‘shiq va she’rlarni mualliflarning roziligisiz, asar yaxlitligini buzgan holda ijro etgani sababli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xonanda Djavberdiyev Sanjar qo‘shiq muallifi –O‘zbekiston halq artisti Sherali Jo‘rayev hamda she’rlar muallifi – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimovdan hech qanday rozilik olmasdan va ular bilan shartnoma tuzmasdan qo‘shiq aslini o‘zgartirgan holda ijro etib kelgan.

Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining O‘zbekiston halq artisti Sherali Jo‘rayev va muallif Usmon Azimovning ishonchli vakili sifatida xonanda Djavberdiyev Sanjarga «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunni buzganligi uchun chora ko‘rish yuzasidan ariza bilan murojaat qilishiga sabab bo‘lgan.

«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun 18-moddasiga ko‘ra, asar (qo‘shiq)ni omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

«Ammo bizning holatimizda buning aksi bo‘lgani tufayli qo‘shiqlarga bo‘lgan mualliflik huquqi jiddiy ravishda buzilgan. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 177(1)-moddasining birinchi qismida belgilangan asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’ektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish holatlari mavjud deb hisoblanib, unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishliligi bo‘yicha sudga yuborildi», deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 75
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar