“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:27
ЎЗO‘Z

«Oskar» mukofotiga O‘zbekistondan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi tavsiya etildi

22 noya, 20:00 3 656 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Oskar» mukofotiga O‘zbekistondan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi tavsiya etildi Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» badiiy filmi 2021 yilgi «Oskar» mukofotiga da’vogarlik qiladigan bo‘ldi. Filmda o‘tgan asr boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi.


O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi nufuzli mukofotning «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga da’vogarlik uchun «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmini tanladi. «O‘zbekkino» milliy agentligi xabariga ko‘ra, qo‘mitaning 21 noyabrdagi yig‘ilishida shunday qarorga kelingan.

Rejissyor Yolqin To‘ychiyevning filmi «O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan.

Kartinada o‘tgan asr boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ta’siri bir oila misolida ochib beriladi. Ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga e’tibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil to‘rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog‘liq ba’zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Rollarni Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar ijro etgan.

Mualliflar kartinani 25 noyabrgacha tegishli tartibda O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasiga taqdim etishi zarur.

«Oskar» mukofotiga da’vogar o‘zbek filmlari short-listiga Jahongir Qosimovning «Ibrat» va Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» filmlari ham kiritilgandi.

O‘zbekiston «Oskar» qo‘mitasi yig‘ilishida qo‘mita raisi Firdavs Abduxoliqov hamda qo‘mita a’zolari Zulfiqor Musoqov, Matyoqub Matchonov, Bahodir Odilov, Hamidulla Hasanov, Eljon Abbosov, Nigora Karimova, Jahongir Ahmedov, Mannop Qo‘chqorov, Aziz Arziqulov, Umid Hamdamov, Baxtiyor Yoqubov, Farrux To‘laganov, Eldor Yo‘ldoshev, Igor Pinxasov hamda prodyuser va qo‘mita koordinatori Oybek Abdushukurovlar ishtirok etgan.

Mazkur qo‘mita 2019 yil bahorida «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tashabbusi bilan tashkil qilingan edi.

93-marta tashkil etiladigan «Oskar» mukofotining taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur «Dolby» teatrida bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 107
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 205
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar