“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:18
ЎЗO‘Z

Feruza Normatova Turkiyada «koronavirusdan ham yomonroq» kasallikni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi (video)

21 noya, 22:48 5 505 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Feruza Normatova Turkiyada «koronavirusdan ham yomonroq» kasallikni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi (video) «Mendirman Jaloliddin» serialida Shirin ismli qahramon obrazini gavdalantirayotgan aktrisa Feruza Normatova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda Turkiyada «koronavirusdan ham yomonroq» kasallikni boshdan kechirgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram / @feruzanormatova
- "Buni aytish to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi, bilmadim. Turkiyada juda og‘ir paytlar bo‘ldi. Ota-onam, yaqinlarimdan bu qadar uzoq muddatga hech qachon uzoqlashmaganman. Shu paytda Xudoyimning sinovi keldi boshimga. Uydagilar siqilmasin, deb ularga ayta olmaysiz. Instagram, boshqa joylarga qo‘ya olmaysiz, o‘zi vahima payti, pandemiya davri. Koronavirus bo‘lib qolganim yo‘q, undan battar bir dard keldiki, o‘sha muddat eng qiyin davrim desam, adashmagan bo‘laman.

Turkiyada juda yaxshi shifokorlar bor, shunchalik yaxshi davolashganki, Toshkentga kelganimdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, asar ham qolmabdi kasallikdan. Shu darajada yaxshi davolashgan. Lekin kasallikni o‘tkazib yuborish, ota-onangiz va yaqinlaringizdan yiroqda dardga sabr qilish, hech kimga aytmasdan shifoxonada yolg‘iz kezish, bu juda og‘ir bo‘ldi. Hech qachon shu yoshimga qadar shifoxonada yotmagandim, lekin o‘sha yerda shunaqa bo‘lib qoldi.

«Mendirman Jaloliddin» serialining boshida turgan, O‘zbekistondan borgan vakillar meni o‘zlari davolatishdi, hamma joyga o‘zlari yugurishdi. Shukrki, tezda tuzalib, shifoxonadan chiqdim. Keyinchalik ota-onam Turkiyaga aylanishga keldi, o‘sha payt nimadir bo‘ldi-yu, sirim ochilib qoldi. Ular hayron bo‘lib, meni quchoqlab: «Shunaqa narsani boshingdan o‘tkazib, bizga nega aytmading?», deyishdi. Shukr, O‘zbekistondan borgan vakillar, o‘zimizning aktyor, aktrisalar ko‘magida tuzaldim", - deydi Feruza Normatova.

Foto: Instagram / @feruzanormatova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 101
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 205
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar