“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 08:01
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek tomoshabini chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi kerak»

20 noya, 23:28 2 770 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek tomoshabini chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi kerak» Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga tashrif buyurdi va shu yerda kino san’ati faxriylari, rejissyorlar, soha mutasaddilari bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Kino juda murakkab, xalqimiz, jamiyatimiz uchun muhim soha. Ilgari ‘O‘zbekfilm’ studiyasi xaroba holga kelib qolgandi. Ko‘p joylari, binolari ijaraga berib yuborilgandi. Mana, hammasi o‘z egasiga — kinochilarga qaytarildi», — dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Yetarli e’tibor bo‘lmagani sababli mamlakat kino san’atida turg‘unlik paydo bo‘lgan edi. Faqat yengil-yelpi, tijorat kartinalari yaratilib, soha rivoji dunyodan ortda qolib ketdi», — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, keyingi paytlarda e’tibor va rag‘bat berilgani bois kinoasarlar mazmuni o‘zgardi. Xususan, «Imom Termiziy», «Islomxo‘ja», «Elparvar», «Qo‘qon shamoli», «101», «Ibrat» kabi tarixiy filmlar ishlandi.

«Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bo‘lsa ham, ma’nosi bor. O‘zbek tomoshabini faqat chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi kerak, aksincha, tariximiz, san’atimiz, adabiyotimiz, qadriyatlarimizni yaxshi bilishi, shu ruhda tarbiya topishi kerak», — dedi davlat rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Kino — tarbiyaning zamini. Bu ijodning maktabini ochishimiz kerak. Hozir mukammal filmlar yaratishga havasimiz bor, lekin sifatlisi kam. Yurtimiz tarixi haqida albatta film bo‘lishi kerak. Bunga vaqt keldi», — dedi Prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 133
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 225
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 147
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 170
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 72
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 114
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 100
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 39
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 79
  • Bo‘limlar