“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 16:36
ЎЗO‘Z

Aktyor Ulug‘bek Yunusov Ulug‘bek Qodirovni AQSHga ketib qolganiga munosabat bildirdi (video)

03 noya, 23:00 8 846 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aktyor Ulug‘bek Yunusov Ulug‘bek Qodirovni AQSHga ketib qolganiga munosabat bildirdi (video) Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Ulug‘bek Yunusov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Aktyor Ulug‘bek Yunusov hamkasbi va do‘sti Ulug‘bek Qodirovning AQSHga ketib qolganiga munosabat bildirdi.

- "Ulug‘bek Qodirov menga telefon qilib ‘do‘stim, Amerikaga ketyapman’, dedi. Ungacha AQSHga bir necha marotaba borib kelgani uchun uning bu gapi oddiy tuyulib, ‘qachon kelasan’, dedim. ‘Men uzoqroq vaqtga ketyapman o‘rtoq’, dedi. Xayrlashdik.

U aktyorning ketib qolishi, reytingda birinchi o‘rinda turadigan aktyorimizning nimagadir qoniqmasdan ketib qolishi, bu siz bilan bizga uyat. Bu juda katta uyat. Undan avval xuddi shunaqa darajada, reytingda bo‘lgan vaqtlarida Behzod Muhammadkarimov AQSHga ketib qolgan edilar. Ular meni aktyorlik yo‘nalishi bo‘yicha ustozim hisoblanadilar. Ularni nimaga ketganlarini ikir-chikirigacha bilaman.

Kinoda yuzi bor odam uchun bu juda qiyin. Nima uchun ketishga majbur bo‘lganini aniq bilmayman. Ammo nimagadir ketishga majbur bo‘lgani aniq.

Qanaqadir funksionerlarimizning katta xatosi, ochko‘zligi balki shu narsaga olib kelgandir. Qaysi davlatning eng kuchli aktyori shunaqa ishda hozir? Misol uchun, Rossiyada Sergey Bezrukov AQSHga ketsa, nima bo‘ladi, nima deb o‘ylaysiz?!", - deydi Ulug‘bek Yunusov.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Yunusov «Fotima va Zuhra», «Sarvinoz», «Begonalar», «Muqaddas burch», «Jasur» filmlari hamda «Sardor 1, 2, 3», «Qaytar dunyo» seriallarida bosh rollarni ijro etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 152
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 59
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 639
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 539
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 202
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 308
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 198
  • Bo‘limlar