“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:05
ЎЗO‘Z

Saida Rametova jiyani Zuhra Soliyeva haqida: Uning qanotlarini sindirishni istamayman (video)

27 okt, 00:10 8 452 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saida Rametova jiyani Zuhra Soliyeva haqida: Uning qanotlarini sindirishni istamayman (video) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova jiyani, aktrisa Zuhra Soliyeva tomonidan o‘zi haqida turli xil gap-so‘zlar tarqalganiga munosabat bildirdi. Bu haqda aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.

- "Zuhra Soliyeva baribir jigarim, shogirdim. O‘zim u niholni ekdim, o‘stirdim, u meva bermoqda, meva berganidan xursandman. U yoshlik qilib bir nimalar degandir, yoshlik qilib nimalargadir ishongandir. Hayotda kimdir kimnidir yomonlaydi, kimdir yolg‘onlarni bir-biriga yetkazadi.

Balki yoshim katta bo‘lgani uchun bu narsalarga ko‘p e’tibor bermayman, chunki uning qanotlarini sindirishni istamayman. Uning otasi, onasi, vafot etgan Fotima egizagiga va’da berdimmi, va’damning ustida turaman. Uning qo‘lidan ushlab, san’at nonini yeyish oson emas, ammo chidasang, mehnat qilsang, katta, buyuk san’atkorlar qatoriga qo‘shilasan, muxlislaring bo‘ladi, deb va’da berganman, shu va’damni bajardim deb o‘ylayman.

Qizim bo‘lmagani uchun uni qizimdek yaxshi ko‘rganman. Oilamiz bilan yaxshi ko‘rganmiz. U chiqqan ko‘rsatuvni ko‘rmadim, ammo ko‘rganlar ‘Zuhra sizga sog‘lik tilab yig‘ladi’, — dedi. Ko‘rdingizmi, baribir jigarni jigardan hech qachon ayirib bo‘lmaydi. Hammaning gapiga u ham, men ham quloq solmasligimiz kerak. Shuni undan iltimos qilib qolaman.

Bir-birimizni asrab, kerakli bo‘lib yashaylik. Hech qachon ayrilmaylik. Mendan o‘tgan bo‘lsa, kechirsin, men uni kechirganman. Omadini bersin
", - deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 120
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 213
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar