“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 06:54
ЎЗO‘Z

«Qora tun» xit qo‘shig‘i ijrochisi Bonu nima sababdan san’atni tark etgan? U hozir nima ish qiladi? (video)

18 okt, 22:30 7 164 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qora tun» xit qo‘shig‘i ijrochisi Bonu nima sababdan san’atni tark etgan? U hozir nima ish qiladi? (video) 1997—1998 yillarda muxlislar e’tiboriga havola etilgan xonanda Bonuning «Qora tun» qo‘shig‘i haligacha sevib tinglanadigan xit taronalardan biri hisoblanadi. Bonuning «O‘zbekiston», «Yolg‘izman», «Afsona», «Bonuman» kabi qo‘shiqlari ham ommalashgan.

O‘z davrining eng mashhur va sevimli xonandalaridan biri bo‘lgan Bonu nima sababdan san’atni tark etgan hamda u hozir nima bilan band, degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Uzoq yillar mobaynida ko‘rinmay qolgan xonanda yaqinda bir necha YouTube kanallarga intervyu berdi hamda hozirgi hayoti haqida so‘zlab berdi.

Asli ismi Mahbubabonu bo‘lgan xonandaning aytishicha, u 2010 yilda hijobga kirib, Qur’on tilovat qila boshlagan.

«Hayotimdagi sinovlar tufayli ijodimda tanaffus bo‘lib qolgan paytda vaqtdan unumli foydalanish maqsadida namoz o‘qishni boshladim, Qur’on va hadis kitoblarni o‘qidim, salovatlarni tingladim. Diniy kitoblarni o‘qib chiqqanimdan so‘ng san’at yo‘li qiz bola uchun to‘g‘ri yo‘l emasligini tushunganman», — deydi xonanda.

Ko‘pchilik Bonuning san’atdan ketishiga mashhur xonanda ayolning taqiqlari sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi, biroq Bonuning aytishicha, bu asossiz mish-mishlar xolos.

«O‘zbek estradasidagi qaysidir xonandaning hayotida baxtsizlik bo‘lsa, odamlar darrov ushbu holatni o‘sha mashhur xonanda bilan bog‘lashadi. Lekin hech qaysi hofiz yoki hofizaning mening hayotimdagi sinovlarimga ta’siri bo‘lmagan. Bu o‘zi taqdirimga yozilgan sinovlar bo‘lgan», — deydi xonanda.

«Yulduzlik onlaringizni, muxlislaringizni, san’atni sog‘inasizmi?», degan savolga Bonu quyidagicha javob beradi:
«Menga ko‘pchilik shu savolni beradi. Lekin men o‘zim xohlaganimdek yulduzlik darajasiga erisha olmaganman. O‘zimni hech qachon yulduzdek his etmaganman. Shuning uchun ham san’atni tark etganman».

Bonu hozirgi kunda reklama agentligida hisobchi lavozimida faoliyat yuritadi. Uning aytishicha, ko‘cha ko‘yda yurganida, ish bilan turli tashkilotlarga borganida odamlar uni tanimaydi. Bir necha intervyulardan keyin esa taniy boshlashgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 133
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 58
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 108
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 112
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 142
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 67
  • Bo‘limlar