“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:28
ЎЗO‘Z

Saida Mirziyoyeva «Mendirman Jaloliddin» seriali haqida gapirdi

04 okt, 10:55 4 294 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saida Mirziyoyeva «Mendirman Jaloliddin» seriali haqida gapirdi Foto: Kun.uz
«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining birinchi qismi taqdimotida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, serial loyihasi rahbari Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, tarixni o‘rganish ahamiyati, serialni suratga olish ishlari qanday olib borilgani haqida gapirdi.

«Otam Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlanib, biz Jizzaxdan Samarqandga ko‘chib o‘tganimizda, bu shahar menda qanday taassurot qoldirganini juda yaxshi eslayman. Otam ozgina bo‘sh vaqt topdilar deguncha bizga Samarqandni ko‘rsatar, tarixiy obidalar bilan tanishtirar va buyuk tarixiy shaxslar haqida so‘zlab berar edi.

Bo‘sh vaqtimda tez-tez o‘sha qadimiy maskanlarni ziyorat qilar, buyuk qaxramonlar hayotini o‘rganar edim. Shohi Zinda, Bibixonim, Registon maydonida yurar ekanman, xayolimda o‘sha tarixiy davrlarni tasavvur qilar edim. Go‘yo atrofimda bir necha asr oldingi hayot qaynayotgandek tuyulardi. Tasavvurimdagi o‘sha ajib voqealar xotiramda bir umrga muhrlanib qolgan.

Bir kun kelib, imkoni bo‘lishi bilanoq ushbu tarixiy shaxslar haqida biror film olinishiga o‘z hissamni qo‘shaman, degan niyat qilardim. Chunki, faqat filmlar orqaligina o‘sha manzarani tasvirlab berish mumkin, deb o‘ylardim. Bir so‘z bilan aytganda, mening tarixga bo‘lgan qiziqishim aynan Samarqanddan boshlangan
», dedi Mirziyoyeva taqdimotda.

U O‘zbekiston imijini xorijiy davlatlarda shakllantirish, matbuot va targ‘ibot ishlariga mas’ul sifatidagi faoliyati davomida, bundan bir yarim yil oldin hozirgi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Jaloliddin Manguberdi haqida turk hamkasblari bilan serial suratga olish taklifi berilganini eslab o‘tdi.

«Albatta, biz bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladik. Chunki, afsuski, o‘zbek milliy kinochiligida tarixiy shaxslar, buyuk allomalarimiz hayotiga bag‘ishlangan seriallar deyarli yo‘q darajada. Seriallar yaratilishi esa nafaqat tarixni o‘rganish, balki buyuk bobolarimiz hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Bunday seriallar har bir o‘zbek millati vakilida milliy g‘ururni shakllantiradi, o‘zbek xalqining qaddini yanada baland ko‘taradi», dedi u.

Uning aytishicha, serialning suratga olish ishlari pandemiya tufayli rejadan chiqib ketgan. Hatto bu yil yakuniga qadar ishlar yakuniga yetmaydi degan xavotir ham bo‘lgan. Lekin hozir hammasi o‘z o‘rnida ketmoqda.

«Bugun ushbu serialning birinchi qismini namoyish qildik. Albatta, bu serial turli bahs, munozara, balki tanqidlarga ham uchrar. Biz bunga tayyormiz. Biz fikrlar xilma-xilligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Har bir fikrni hurmat qilamiz. Nima bo‘lganda ham oldimizga qo‘ygan har bir rejamizni oxiriga yetkazamiz. Bu loyihani ham uddalay oldik, deb o‘ylayman», dedi Saida Mirziyoyeva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 131
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar