“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:02
ЎЗO‘Z

«Sevimli» telekanali turk serialidagi qizlarning oyoqlari xiralashtirilayotganiga izoh berdi

29 sen, 10:00 3 059 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sevimli» telekanali turk serialidagi qizlarning oyoqlari xiralashtirilayotganiga izoh berdi Foto: «Sevimli» telekanali
Ijtimoiy tarmoqlarda «Sevimli» telekanalida efirga uzatilayotgan «Gunesh qizlari» turk serialidagi kalta shorti kiygan qizning oyoqlari xiralashtirilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Qizlarning oyoqlari xiralashtirilishi holatlarini serialning boshqa sahnalarida ham ko‘rish mumkin.

Ayrim kadrlarda qizlar tanasining ochiq qismlari muharrirlar e’tiboridan chetda qolgan. Biroq aynan ushbu sahna boshqa rakursdan ko‘rsatilganida qizning oyoqlari xiralashtirilgan.

Foto: «Sevimli» telekanali

Foto: «Sevimli» telekanali
«Gazeta.uz» ushbu holatlarga oydinlik kiritish maqsadida telekanal bosh muharriri o‘rinbosari Qahramon Saidaliyev bilan bog‘landi.

Foto: «Sevimli» telekanali
Qahramon Saidaliyev ochiq kiyingan serial qahramonlarining tana qismlari muharrirlar tomonidan xiralashtirilishini tan olgan.
«‘Gunesh qizlari’ seriali yoz faslida suratga olingani uchun aktrisa u yerda kalta shortida ko‘rinadi. Biz buni maksimal darajada xiralashtirishga harakat qilamiz. Muharrirlarimiz shu maqsadda biroz xiralashtiribdi», — deydi u.

Bosh muharrir o‘rinbosari kadrlarni xiralashtirish bo‘yicha davlat tomonidan hech qanday talab yo‘qligini aytib o‘tgan.
«Biz buni amaldagi qonunchilikdan, umumiy o‘zbek mentaliteti, odamlarning dunyoqarashidan kelib chiqib qilamiz. Kimdir bu haqda salbiy fikr bildiradi, kimdir to‘g‘ri qaraydi. Shunga qaramay, masalan, bizning shaharlarimizda ham qizlar shunday kiyinadi. Jamiyatda aholining ma’lum qatlami bunga diniy nuqtai nazardan qaraydi. Masalan, ularga bu yoqmaydi», — deydi u.

Qahramon Saidaliyevning qayd etishicha, O‘zbekiston qonunchiligida «Yoshlarning madaniy va ma’naviy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi axborotni tarqatish» ga oid mezonlar mavjud.
«Alohida qonun hujjatida bu qayd etilmagan, biroq umumiy qonunchilikda bor», — deydi Sevimli telekanali vakili.

«Agar o‘zbek telekanallarini 26 million kishi tomosha qilsa, biz ularning fikrini, ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarini o‘rganamiz. Shundan hamda umummilliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda biz aholi uchun toza, yaxshi serial, odamlarga yoqadigan kino taqdim etishga harakat qilamiz. Agar ochiq kiyimlar tufayli e’tirozlar bo‘lsa, bunday hollarda biroz kiyimlarni yopishga harakat qilamiz. Ayrim hollarda kino yoki serialning mazmuniga ta’sir ko‘rsatmasa, bunday kadrlarni to‘liq olib ham tashlashimiz mumkin», — deya qo‘shimcha qiladi u.

Bosh muharrir o‘rinbosari bu tomoshabinlar fikrini inobatga oladigan telekanal siyosati ekanligini alohida qayd etgan.
«O‘zbek televideniyesining rivojlanishi bilan markaziy kanallar soni 18-19 taga yaqinlashdi. Odamlarda tanlash huquqi bor. Agar bu sizning oilangizga yoqmayotgan bo‘lsa, boshqa kanalni ko‘rishingiz mumkin. Biroq biz odamlar fikrini tinglashga hamda seriallarga o‘zgartirish kiritishga harakat qilamiz», — deydi Qahramon Saidaliyev.

Sevimli nodavlat telekanali o‘zini oila qadriyatlari va odamlarning birligi, har bir uyda mehr va nur, baxt va quvonch hisoblanuvchi oilaviy telekanal sifatida tavsiflaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 113
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 211
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 80
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar