“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:21
ЎЗO‘Z

Anvar Sobirov Fathulla Mas’udov bilan bo‘lgan joynamoz voqeasini aytib berdi (video)

04 sen, 18:30 5 855 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Anvar Sobirov Fathulla Mas’udov bilan bo‘lgan joynamoz voqeasini aytib berdi (video) Foto: «Daryo»
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Fathulla Mas’udov 30 avgust kuni 57 yoshida olamdan o‘tdi.
Xonanda va aktyor Anvar Sobirov «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga Fathulla Mas’udov bilan gastrol safariga borganda sodir bo‘lgan joynamoz voqeasi haqida so‘zlab berdi.

- "Biz oilamiz bilan ustozni juda yaxshi ko‘rardik. Og‘abek akam, rahmatli onam juda yaxshi ko‘rardilar, o‘g‘lim, der edilar. Yaxshi kunlarimizda doimo Fathulla akam xizmat qilganlar. Men va Og‘abek akamning ko‘pgina konsertlarida Fathulla akam boshlovchilik qilganlar. Biroz rang-baranglik uchun almashgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘shanda ham Fathulla akamning maslahatlarini olardik. Yigit kishi bir odamni o‘ziga ideal deb biladigan bo‘lsa, men san’atda Fathulla akamni ideal bilardim. Fathulla akam hayotda tutgan o‘rni, insoniylik, musulmonlik jihatidan haqiqiy ibrat edi. Ibrat bo‘lishga arzir edi. O‘g‘lim Fathulla akadek bo‘lsa, mehnatsevar, insonlarga ibratli, tartibli, tarbiyali inson bo‘lsa roziman.

Bu joynamoz men uchun judayam ulug‘ bir esdalik bo‘lib qoldi. Kecha o‘sha shum xabarni eshitgan kunim ko‘zimga bosib yig‘ladim. Sababi oxirgi marta Fathulla akam bilan Qashqadaryoda xizmat safarida birga bo‘lib qolganimizda mehmonxonada ikkimizning joynamozlarimiz o‘xshash ekan. Mehmonxonada 3-4 kun turib qaytganimizdan keyin joynamozlar almashib qolgan ekan, men sezmagan ham edim. Oradan qanchadir vaqt o‘tdi, har ko‘rganida Anvar, joynamozingga rozimisan, derdilar.

Fathulla aka, joynamoz almashdi xolos-ku, desam, baribir rozi bo‘lib qo‘yaver, senikini adashib olib ketibman, deydilar, qarang, odamiylikni. Hozir oramizda shunaqa rozichilik so‘raydiganlar bormi? Birovning haqqini shunday ko‘zingni oldida yeb indamay ketishadi-ku. Dunyodan qanaqa inson o‘tganini sezyapsizlarmi? Kimni yo‘qotganimizni sezyapsizlarmi? Men yaqin tug‘ishgan akamni yo‘qotdim. Men doim maslahat olib turadigan qadrli insonimni yo‘qotdim.

2015 yili Milliy teatrga rahbar bo‘ldi, deb eshitib telefon qilsam, kamtarlikni qarang: Anvar, hali tabriklashga shoshilma, men bajaruvchi sifatida qo‘yildim, hali tasdiqlanmadi, deydilar. Boshqa birovlar rahbar bo‘lmasdan turib shovqin qilardi-yu. Tarbiyani qarang!

Bu narsalar shunchaki gapdek tuyulishi mumkin, ammo bular hammamizga ibrat bo‘lishi kerak!
", - deydi Anvar Sobirov.

Ma’lumot uchun, Fathulla Mas’udov 1963 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015 yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999 yili «Shuhrat» medaliga sazovor bo‘lgan, 2003 yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni bilan mukofotlangan. 2014 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 109
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 207
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar