“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:05
ЎЗO‘Z

Rani Mukerji va Aditya Chopra: Muhabbatga aylangan do‘stlik hikoyasi

04 avg, 16:45 4 212 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rani Mukerji va Aditya Chopra: Muhabbatga aylangan do‘stlik hikoyasi Rani Mukerji va Aditya Chopra o‘rtasidagi munosabatlar ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Ular ishqiy munosabatlarini oshkor qilmagan hamda ko‘pchilik san’atkorlar singari munosabatlaridan reklama maqsadida ham foydalanmagan.

Foto: Lianetta
2014 yil 21 aprel kuni Rani Mukerji va Aditya Chopra turmush qurib, muxlislarini hayratda qoldirdi. Ularning to‘yi Italiyada faqat qarindoshlari va yaqin do‘stlari davrasida bo‘lib o‘tdi. Faqat to‘ylaridan keyingina Rani Mukerji turli intervyularda Aditya bilan munosabatlari va nikohi haqida gapirib berdi.

«Bizning munosabatlarimiz boshlanganda u mening prodyuserim emasdi. Biz Aditya rafiqasi bilan ajrashganidan so‘nggina uchrashishni boshlaganmiz. Men o‘z prodyuseri bilan uchrashib yuradiganlardan emasman», – deydi aktrisa intervyularidan birida.

Foto: Lionetta
Rani Aditya bilan ilk uchrashuvi Sampan restoranida bo‘lganini aytadi. O‘sha paytda Aditya Chopra hali bittagina film ishlagan edi. Ammo «O‘g‘irlanmagan kelin» filmi uni allaqachon mashhur qilib ulgurgandi. Aditya Chopra Ranini yosh aktrisa unga ergashadi, deb o‘yladi, ammo bunday bo‘lmadi. Bu holat uni xafa qildi, albatta. Keyin u Ranini Karan Joharga tavsiya qiladi va uni «Hayotda hamma narsa bo‘ladi» filmida rol o‘ynashga taklif qiladi.

Avvaliga Aditya va Rani juda yaqin do‘stlar edi. Ular eng qiyin vaziyatlarda ham bir-birini qo‘llab-quvvatladi. Bu do‘stlik bora-bora sevgiga aylandi. Aditya Ranining ota-onasidan qizining qo‘lini so‘raganida, ular buni ijobiy qabul qiladi va hatto xursand bo‘ldi.

Foto: Onmanorama
Rani intervyularidan birida Aditya haqida shunday deydi: «Biz bir-birimizga juda o‘xshaymiz. U ota-onasini sevadi va hurmat qiladi. Men uchun ota-onam butun dunyom. Adityada salbiy jihatlar deyarli yo‘q. U hech kimga ozor bermaydi. Men har doim turmush o‘rtog‘im juda yaxshi inson bo‘lishini xohlaganman. U bilan tanishganda, men o‘zimni topdim. Va u men bilan uchrashganda o‘zini topdi. Bu munosabatlarda juda muhimdir».

Aditya Chopraning onasi intervyusida Rani o‘g‘liga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatganini aytadi: «Adi hozir butunlay boshqa odamga aylangan. U xursand va yuzida doim tabassum. Rani uni yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Ular baxtli ekan, men qanday xursand bo‘lmay?!»

2015 yil 9 dekabr kuni Aditya Chopra va Rani Mukerji xonadonida qiz farzand dunyoga keldi. Unga Adira deb ism qo‘ydi. Bu nom ular ismining birinchi bo‘g‘inidan olingan. Aditya va Rani qizlarini matbuotdan uzoqroq tutishga harakat qiladi. Shu sababdan qizining tarmoqdagi fotosuratlari ko‘p emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 45
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 586
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 347
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 495
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar