“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:22
ЎЗO‘Z

Aktrisa Yulduz Hamidova 6 yildan beri AQSHda yashayotgani haqida so‘zlab berdi

07 iyul, 14:10 9 617 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aktrisa Yulduz Hamidova 6 yildan beri AQSHda yashayotgani haqida so‘zlab berdi Taniqli aktrisa Yulduz Hamidova 6 yildan beri Amerikaning Los-Anjeles shahrida yashab kelmoqda. Jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda u AQSHga nima uchun ketgani hamda hozirgi kunda qanday ishlar bilan bandligi haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram / @yulduz_hamidova
«AQSHga shu yerda o‘qiyotgan Fotima va Zuhra qizlarim bilan kelganman. Ularga qo‘shilib men ham talaba bo‘ldim. Los-Anjelesdagi kollejda tahsil olmoqdaman. Shuni aytishim kerakki, ta’lim olish uchun hech qachon kech bo‘lmas ekan. O‘qishda moliyaviy tomondan yordam berishadi, ham til o‘rganaman. Ingliz tilini juda yaxshi bilaman, deb ayta olmayman. Ozgina suhbatlasha olaman», — deydi aktrisa.

Jonli efirda o‘tkazilgan suhbat davomida aktrisa muxlislarini qiziqtirgan barcha savollar, xususan, shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollarga ham javob berdi.
«Turmush o‘rtog‘im neft sohasida ishlagan. Ular har doim meni tushunib, qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ular hozir Toshkentdalar», — deydi aktrisa.

Yulduz Hamidova qizlari Fotima va Zuhra bilan.
Foto: Instagram / yulduz_hamidova

«Qizlarimga besh yoshligidan ingliz tilini o‘rgatganman. Ular Toshkentda ingliz tilini chuqurlashtirib o‘rgatiladigan maktabni tamomlagan. Maktabni bitirganidan so‘ng xorijda o‘qishni davom ettirishni istashdi. Avval Malayziyaga, keyin AQSHga o‘qishga kelishdi», — deydi aktrisa qizlari haqida.

Yulduz Hamidova har yili O‘zbekistonga kelishi hamda har kelganida biron film yoki serialda suratga tushishini aytib o‘tdi.

Aktrisa «Saodat» seriali suratga olish jarayonida hamkasblari bilan.
Foto: Instagram / yulduz_hamidova

Xususan, u 2019 yilda O‘zbekistonga kelganida rejissyor Muzaffar Erkinovning «Saodat» serialida suratga tushgan.
Ma’lumot uchun, Yulduz Hamidova faoliyati davomida turli janrdagi filmlarda takrorlanmas obrazlarni gavdalantirgan.
Jumladan, «Temir erkak», «Temir ayol», «Tangalik bolalar», «Chavandoz» kabi filmlar, «Tutash taqdirlar», «Saodat» kabi seriallardagi obrazlari muxlislar qalbidan joy olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 124
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 213
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 83
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 83
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar