Xonanda Rayhon sahifasiga to‘yda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan videoni joyladi. Ushbu videoda xonandaning keng ko‘ylagi muxlislar e’tiborini tortdi. Ular Rayhonni farzand kutyapti, degan xayolga bordi hamda shu mazmundagi savollarni yozib qoldirdi. Biroq Rayhon ushbu savollarga javob bermadi.