“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:59
ЎЗO‘Z

Maktabga ham bormagan Katrina Kaif qanday qilib Bollivudni zabt etgan?

28 iyun, 17:17 5 477 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktabga ham bormagan Katrina Kaif qanday qilib Bollivudni zabt etgan? Foto: Getty Images
Hind kino sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Katrina Kaifga, «Zolushka»ning hayotdagi prototipi degan ta’rif berilsa ham xato bo‘lmaydi. Hatto maktabga ham bormagan qiz surati qanday qilib to‘satdan mashhur jurnal muqovalaridan o‘rin olgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

1983 yilda Gonkongda dunyoga kelgan Katrina oilasida undan tashqari yana 6 qiz va 1 o‘g‘il farzand bo‘lgan. Onasi Syuzann Tyurkott ingliz, onasi Mohammed Kaif esa hind millatiga mansub. Ular qizaloq kichikligidayoq ajrashib ketgan. Onasi ijtimoiy faol bo‘lgani uchun bir davlatdan ikkinchisiga ko‘chib yurgan, shu sabab ham uning oilasi Gonkongdan keyin Yaponiya, Fransiya, Shveysariya, Polsha, Belgiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida istiqomat qilgan. Katrina 14 yoshga to‘lganidan keyin oilasi Angliyaga kelib u yerda uch yil yashagan so‘ngra Hindistonga ko‘chib ketgan. Shaharma-shahar ko‘chib yurgani sabab ham aktrisa maktabga bora olmasdan, uyda ta’lim olishga majbur bo‘lgan. Voyaga yetganidan keyin esa oliy ta’lim muassasasiga topshirib ko‘rish haqida oylab ham ko‘rmagan.

Foto: Getty Images
14 yoshida bo‘lajak sohibjamol, Gavayida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyin unga turli modellik agentlaridan taklif kela boshlagan va Londonda modellik faoliyati bilan shug‘ullangan. Aynan ushbu faoliyat turi uni kino olamiga qadam qo‘yishiga sabab bo‘lgan. Kaifga 2003 yilda «Saaya» filmida Jon Abraham bilan birga suratga tushish taklif qilingan. Katrinaning hind tilida bemalol gapira olmagani sabab, ushbu film uning debyuti bo‘la olmagan. Shundan keyin «Bum» filmida ilk marta rol ijro qilishga muyassar bo‘lgan. Hozirda 36 yoshda bo‘lgan Bollivud yulduzi hali turmushga chiqmaganiga qaramasdan, Ranbir Kapur va Salmon Xon bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlari tillarda doston bo‘lgan.

Foto: Getty Images
Bollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalaridan biri hisoblangan Katrinaning bugunga kelib Instagram sahifasida 39 milliondan ortiq obunachisi bor.

Foto: Getty Images
Aktrisa ijrosidagi «Toki hayot ekanman» (2012), «Tezlik 3» (2013), «Hayot zerikarli bo‘lishi mumkin emas» (2011) filmlarini ko‘rish tavsiya qilinadi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 130
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 222
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar