“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:27
ЎЗO‘Z

Bollivudning yulduzli juftliklari. Ularning ajrashib ketishiga nima sabab bo‘lgan?

26 iyun, 20:45 4 548 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bollivudning yulduzli juftliklari. Ularning ajrashib ketishiga nima sabab bo‘lgan? Bir vaqtlar o‘rtalarida hammasi jiddiydek tuyilgan va muxlislar uchun sevimli bo‘lgan mashhur juftliklar munosabatlari yakun topishining turli sabablari bor.

Salmon Xon va Ayshvariya Ray

Foto: India Today
Salmon Xon iste’dodli aktyor, yaxshi insondir, lekin Ayshvariya uni tark etishiga uning haddan ortiq rashkchiligi va o‘zini tutishi sabab bo‘lgan.

Shahid Kapur va Karina Kapur

Foto: Wikimedia Commons
Karina va Shahid turmush qurishga qaror qilgan, lekin aktrisa «Uslub» (Tashan) filmining suratga olish jarayonida Saif Ali Xonni sevib qolgan va Shahidni tashlab ketgan.

Jon Abraham va Bipasha Basu

Foto: «Yandeks Dzen»
10 yildan ortiq munosabatda bo‘lgan Bollivudning eng chiroyli juftliklaridan birining ajrashishiga Bipashaning turmushga chiqishni istashi, Jonning esa oilaviy hayot qurishga tayyor bo‘lmagani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, aktyorning Priya Ranchal bilan aloqalari Bipashani uni tark etishiga sabab bo‘lgan, degan taxminlar ham bor.

Ranbir Kapur va Dipika Padukone

Foto: The Indian Express
Hali hanuz bir-biri bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan juftlikning ajralib ketishiga Ranbirning xiyonati sabab bo‘lgan. Bu haqda Dipika Verve jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Priti Zinta va Ness Vadia

Foto: Times of India
Bir-biriga juda ham mos bo‘lgan juftlik o‘rtasidagi munosabatlar tugashiga yigitning onasiga aktrisaning yoqmagani va hammasiga nuqta qo‘yilishiga olib kelgani sabab bo‘lgan.

Akshay Kumar va Shilpa Shetti

Foto: Getty Images
Bugungi kunda har ikki shou-biznes vakilining o‘z oilasi bo‘lishiga qaramay, bir vaqtlar muxlislarga ularda hammasi jiddiydek tuyilgan. Ularning munosabatlari yakuniga yetishiga Akshayning Tvinkl Khannaga «o‘ralashib» qolgani sabab bo‘lgan.

Abhishek Bachchan va Karishma Kapur

Foto: Filmside.net
Unashtirilgan va to‘y ostonasida turgan juftlik o‘rtasidagi munosabatlarning yakuniga yetishiga Karishmaning onasi Babita sababchi bo‘lgan. Aytishlariga qaraganda, bo‘lajak qaynona kuyov tarafga ortiqcha talab va istak qo‘ygani, yoshlar hayotiga aralashavergani Bachchanlar, xususan, kuyovga yoqmagan.

Ritik Roshan va Syuzan Roshan

Foto: Getty Images
Munosabatlarini nikoh bilan bog‘laganiga 13 yil bo‘lgan juftlikning ajralishiga Ritikning onasi Pinkining har narsaga aralashaverishi sabab bo‘lgan. Boshqa versiyaga ko‘ra, Syuzanning ziyofat va narkotiklarga o‘ralashib qolgani oilaning darz ketishiga olib kelgan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 50
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar